To‘g‘ri ovqatlanishning haqiqiy kaliti – faollik, tonus va tana og‘irligini o‘z hayot tarziga mos ravishda saqlab turish. Sog‘lom ovqatlanishning ba’zi qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
Foto: “Zdorovie.com”
- O‘z-o‘zingizni bilib oling
Ba’zi odamlar pazandalik san’ati bilan shug‘ullanadi, ba’zilar uchun esa mikroto‘lqinli pech haqiqiy qutulish yo‘li hisoblanadi. O‘zingiz uchun foydali hisoblangan tayyorlash va iste’mol qilish usulini topish juda muhimdir.
- O‘simliklar va hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlarni aralashtiring
Kombinatsiya qilingan ovqatlanishning afzalligi shundaki, go‘shtli ovqatlarga tarkibida ko‘p miqdorda suyuqlik bo‘lgan sabzavotlar va mevalar qo‘shilganda xuddi shu hajmdagi ovqatlarning tarkibidagi kaloriya ancha kamroq bo‘ladi. Bunday yondashish orqali siz o‘zingizni odatdagicha yeyapman deb aldashingiz mumkin.
- Kamroq go‘sht iste’mol qiling
Sog‘lom ovqatlanishning asosi go‘sht emas, balki tarkibida kraxmali yo‘q donlilar, yong‘oqlar, urug‘lar, sabzavotlar va mevalar bo‘lishi kerak. Butun donlilar(suli yormasi, jigarrang guruch, butun donli non)organizmni hazm qilish tizimiga va tezroq to‘yishga yordam beruvchi kletchatkalar va quvvatni oshiruvchi, modda almashinuvini tezlashtiruvchi B guruh vitaminlari bilan ta’minlaydi.
- Yog‘larni iste’mol qilishda sinchkovroq bo‘ling
Hamma yog‘lar ham organizmga bir xilda ta’sir ko‘rsatmaydi. Yarim to‘yinmagan va kam to‘yinmaganlari “yaxshi” yog‘lar hisoblanadi, ularning ta’siri o‘simlik va losos, forel, seld balig‘i yog‘larinikiga o‘xshash bo‘ladi. Ular qondagi xolesterin darajasini oshirib yubormaydi va hatto yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.
- Hammasini emas, balki biron bir qismini yeng
Agar siz qaysi oziq-ovqatlarni iste’mol qilmoqchi ekanligingizni aniqlab olgan bo‘lsangiz ham, iste’mol qilayotgan ovqatingizning miqdoriga e’tibor berishingiz zarur.
Kornell universiteti professori Brayan Uensinkning aytishicha, odamlarning to‘qlik darajasi uch xil bo‘ladi – “men ochman”, “men yana yeyishga qarshi emasman” va “men boshqa yeyolmayman”. Eng yaxshi yo‘li – hammasini emas, balki faqat bir qisminigina yeyish. Shunday qilsangiz ham sog‘lig‘ingizga zarar yetkazmaysiz va ham pulingizni tejagan bo‘lasiz.
Manba: “Zdorovie.com”
Manba