Nima uchun olma yeyish kerak?
Ko‘pincha biz chetdan keltirilgan oziq-ovqatlarni ko‘proq qadrlaymiz va o‘zimizning dala, polizlarimizda yetishtiriladigan mahsulotlarga e’tibor bermaymiz. Bu olmaga ham tegishli.
Foto: DepositphotosOlmaning tarkibi asosan suvdan tashkil topgan, yog‘lar va oqsillar deyarli yo‘q, uglevodlar esa juda kam. Lekin unda katta miqdorda kerakli vitaminlar mavjud, ayniqsa C vitamini.
Bundan tashqari, olmaning tarkibida odam organizmi uchun zarur bo‘lgan makro va mikroelementlar, shu jumladan kaliy, natriy, rux va shu kabi moddalar juda ko‘p. Keling, olmaning boshqa foydali xususiyatlari bilan ham tanishib olamiz.
Umrni uzaytirish
2011-yil Amerikadagi kimyoviy jamiyat tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, olimlar olmaning inson umrini 10 foizga oshirishini isbotlagan.Xotirani yaxshilash
Massachusets universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, olma iste’mol qilish bosh miyada atsetilxolin neyrotransmitter ishlab chiqarish miqdorini oshirar ekan.Bosh miyada atsetilxolin miqdorining oshishi xotiraning yaxshilanishiga olib keladi, shuningdek Alsgeymer kasalligining paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va odam aqliy qobiliyatining pasayishini sekinlashtirishga yordam beradi.
Infarkt va insult xavfini pasaytirish
Infarkt, insult va ateroskleroz juda yomon kasallik ekanligini va ularga ko‘pincha “yomon xolesterin” sabab bo‘lishini yaxshi bilamiz.Lekin, olmaning bemordagi LDL-xolesterin miqdorini 23 foizga kamaytira olish xususiyati haqida bilmasangiz kerak.
Saraton kasalliklari xavfini pasaytirish
Gavayida o‘tkazilgan tadqiqotlar olma iste’mol qilish saraton kasalliklari xavfini 40—50 foizga pasaytirishini aniqladi. Bunga olmadagi organizmda ma’lum jarayonlarni to‘xtatishga yordam beruvchi yuqori antioksidantlik faolligi sabab bo‘lishi mumkin.Manba: “Zdorovie.com”
Manba