Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
O'qildi: 266
Kunduzgi uyquni xush ko‘ruvchi odamlar Alsgeymer kasalligiga ko‘proq moyil bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi. Bu haqda EurekAlert xabar bermoqda.
Foto: Getty ImagesAQShdagi Vashington universiteti shifokorlari ana shunday xulosaga keldi.
Shifokorlar o‘tkazgan tadqiqotda 189 kishi ishtirok etdi. Ularning o‘rtacha yoshi 66 yoshda edi.
Olimlar ikki hafta davomida ko‘ngillilarning biologik faolligini kuzatdi. Bundan tashqari, miya MRT tasvirlari olindi.Natijada miya faoliyati buzilib, kechasi uxlay olmay, kunduzi uyqusirab yuradigan odamlar mazkur kasallikka chalinishga moyil bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.