Salomatlik Salomatlik Kechasi iste’mol qilinsa ham qaddi-qomatga zarar yetkazmaydigan 6 ta mahsulot

Kechasi iste’mol qilinsa ham qaddi-qomatga zarar yetkazmaydigan 6 ta mahsulot

O'qildi: 244


Kechasi iste’mol qilinsa ham qaddi-qomatga zarar yetkazmaydigan 6 ta mahsulot

Shifokorlar ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun kechki soat 6 dan keyin ovqatlanmaslikni maslahat beradi. Lekin shunday mahsulotlar borki, ularni yeyish hech qanday zarar qilmaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Yashil sabzavotlar

Kechasi bemalol yeyish mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatida yashil sabzavotlar — seldir, yalpiz, bodring va boshqa ko‘katlar birinchi o‘rinda turadi. Yashil sabzavotlar kaloriyani kamaytirish xususiyatiga ega.

Tovuq filesi

Tovuq go‘shti oqsil manbayi hisoblanadi. 100 gr tovuq go‘shtida atigi 165 kaloriya bo‘ladi. Tovuqni parda dimlab yoki yog‘siz grill qilib pishirish tavsiya qilinadi. Iloji boricha yog‘li sous o‘rniga xushbo‘y o‘t va ziravorlardan foydalaning.

Baliq

Baliq mahsulotlari — yurak qon-tomir faoliyatini yaxshilaydigan, yallig‘lanishga qarshi samarali hisoblangan omega-3 kislotasiga boy bo‘ladi.

Tuxum

Tuxum sarig‘i tarkibida xolesterin ko‘p bo‘lgani uchun ham kechki ovqatda iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Lekin tuxumning oqidan tayyorlangan omlet sog‘lig‘ingiz uchun foydali.

Dengiz mahsulotlari

Dengiz mahsulotlari — krevetka, ustritsa va boshqalar oqsilning koni hisoblanadi va organizmdagi kaloriyani nazorat qiladi. Uni hech ikkilanmay kechqurun iste’mol qilish mumkin.

Tvorog

Tvorog yengil hazm bo‘lishi, kalsiyga boy ekani bilan ahamiyatli. Tarkibida 5 foiz yog‘ bo‘lgan tvorogni kechki ovqatga iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Ushbu sutli mahsulotning qurug‘ini yeyishni yoqtirmasangiz, “sirnik” yoki “zapekanka” qilib pishirishingiz mumkin. Faqat shakar o‘rniga asaldan foydalaning.

Mavzuga doir: Nonushtaga nima yemaslik kerak?




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.