Salomatlik Salomatlik Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorining foydali va zararli xususiyatlari

Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorining foydali va zararli xususiyatlari

O'qildi: 312


Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorining foydali va zararli xususiyatlari

Yoz kunlarida ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan jo‘xorini butkul foydali yoki zararli mahsulotlar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Antioksidantlarga boyligi bilan ahamiyatli ammo, kraxmal borligi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ushbu mahsulot haqida ma’lumotga ega bo‘lish foydadan holi emas.

Foto: Harper’s Bazaar

Foydali xususiyatlari

Jo‘xori organizm hujayralarining himoya qilish, zararlanishdan saqlash xususiyatiga ega antioksidant — karotinoidning manbasi hisoblanadi. Karotinoid ko‘z salomatligini saqlash, katarakta kasalligi xavfini oldini olish xususiyatiga ega. Shuningdek ushbu mahsulot, yallig‘lanish hamda erta qarishga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Jo‘xori tarkibidagi faol moddalar, hazm jarayonini yaxshilaydi, oshqozon-ichak salomatligida ahamiyatli hisoblanadi.

Nima uchun jo‘xorini ko‘​p iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi?

Jo‘xori kraxmalli sabzavotlar qatoriga kirgani bois ham uni iste’mol qilib vazn tashlashga umid qilish kerak emas. Kraxmal — polisaxarid hazm jarayonida, salomatlikda muammolar kuzatilishi va vazn to‘planishiga sababchi bo‘luvchi glyukozaga aylanadi. Bundan tashqari, jo‘xorida vitamin va minerallarni organizmga singishiga qarshilik qiladigan antinutrientlar bo‘ladi. Jo‘xori donachalari magniy, rux va marganetsga boy bo‘ladi, lekin ta’kidlangan fitina kislotasi(antinutrient)sabab organizmga deyarli so‘rilmaydi.

Jo‘xoridan butkul voz kechish emas, uzoq vaqt oralig‘ida kam miqdordan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.