Ovqat vaqtida suyuqlik ichmaslik kerakligining 3 sababi
Suv balansi inson salomatligi uchun muhim sanaladi va shu sabab ham kuniga taxminan ikki litr suv ichish tavsiya qilinadi. Kofe, choy, va boshqa ichimliklar esa organizm uchun muhim bo‘lgan suyuqlikni qoplash xususiyatiga ega emas. Suv ichishda qancha ichish emas, balki qanday va qaysi vaqtda ichish ahamiyatlidir. Maksimal darajada foyda bo‘lishi uchun suvni ovqatdan avval va keyin iste’mol qilish kerak va bu odat salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Taom yeyish davomida ichilsa qanday oqibatlarga olib keladi?Harper’s Bazaar ushbu savolga javob beradi.
Foto: Harper’s BazaarTaomni me’yoridan ko‘p iste’mol qilishingiz mumkin
Agar sizga iste’mol qilingan kaloriya va taom porsiyasi miqdori emas, ochlik hissini qondirish muhimroq bo‘lsa, unda ovqat vaqti suv ichish tavsiya qilinmaydi. Chunki suv ichganda yolg‘on to‘qlik hissi paydo bo‘lishi va shu sabab avvaliga kamroq keyin bo‘lsa, odatdagidan ham ko‘proq taom iste’mol qilishingiz mumkin.
Ovqat hazm qilish yomonlashadi
Suv, oshqozon va ichaklar hazm tizimining to‘g‘ri faoliyatini ta’minlaydi. Ammo ovqatdan avval yoki keyin iste’mol qilingan va iliq suvgina salomatlik uchun foydali hisoblanadi. Buning sababi suv ichilganidan keyin organizm uni o‘zining haroratiga keltirilishi kerakligi va bu energiya talab qilishi bilan bog‘liq. Bir stakan sovuq suv ichilganida, organizm uni isitish uchun zaxiradagi energiyani sarflashiga to‘g‘ri keladi va buning oqibatida hazm qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sabab ham muz bo‘lagi solingan suv ichish tavsiya qilinmaydi.
Ba’zi ichimliklar oshqozonning kislotali muhitiga salbiy ta’sir qilishi mumkin
Spirtli ichimlik, gazlangan suv va tabiiy bo‘lmagan ichimliklar zararli ekani ma’lum va bu oshqozondagi kislota bilan bog‘liq. Kislota hazm qilishda ishtirok etadi. Tarkibida kislota ko‘p bo‘lgan ichimliklarni iste’mol qilish esa oshqozon-ichak hazm tizimini yomonlashishi oqibatda ichaklar zo‘riqishiga olib kelishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Suvni taomdan avval iching, bu orqali siz keragidan ortiq taom yemaslik, shuningdek, taom vaqti to‘ydingizmi yoki yo‘q obyektiv baholashga muvaffaq bo‘lasiz.
Bir-ikki qultum suv ichgan bilan, salomatlik yomonlashib qolmasligi mumkin, asosiysi organizm holatiga quloq soling, qanday reaksiya beradigan bo‘lsa, shundan kelib chiqqan holda yondashish kerakligi, organizm va salomatlik individual ekanini unutmang.
Manba