Salomatlik Salomatlik Anjirning foydali va zararli xususiyatlari

Anjirning foydali va zararli xususiyatlari

O'qildi: 318


Anjirning foydali va zararli xususiyatlari

Anjir mavsumiga oz qoldi va shu sabab ham ushbu mazali va foydali mevaning xususiyati hamda tarkibi bilan tanishish foydadan xoli emas. Yurak-qon tomir tizimi va teri salomatligi uchun muhim bo‘lgan mevani nima uchun ratsionga kiritish va qanday holatlarda iste’moldan tiyilish kerakligi bilan quyida bo‘lishamiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Foydasi nimada?

Anjir quritilganda konsentratsiyasi sezilarli darajada oshadigan turli vitamin va mikroelementlarga boy hisoblanadi. Shu bilan birga, quritilganda shakar va kaloriya miqdori 5 karra ortadi va shu sabab ham mutaxassislar ushbu mevani sarxil holida yeyishni tavsiya qiladi.

Shuningdek, anjir organizmdagi jarayonlar — metabolizm, qizil qon tanachalarining paydo bo‘lishi, neyromediatorlar va biriktiruvchi to‘qimalarning ishlab chiqarilishi uchun muhim bo‘lgan misning ham konidir.

Bundan tashqari, anjir ko‘p miqdorda B6 vitaminini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu vitamin organizmning aminokislota va oqsillarni parchalab, ulardan energiya olishga yordam beradi, asab tizimi faoliyatida muhim rol o‘ynaydi va qarishning oldini oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Yoshlikni saqlanishida ahamiyatli bo‘lgan, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiluvchi va ajin tushishi hamda giperpigmentatsiyaning oldini oluvchi antioksidantlarning ham manbayidir.

Anjirni muntazam ravishda iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi uchun foydali. O‘tkazilgan tadqiqotlarda ushbu meva iste’molidan keyin organizmdagi yomon xolesterin miqdori kamayishi aniqlangan.

U qon tomirlar devorlarini mustahkamlash va tromblarni oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan K vitaminiga ham boy. Ushbu shirin meva tarkibida kletchatkalar mo‘l bo‘lgani sabab ham u oshqozon hazm tizimi uchun ahamiyatlidir. Anjir ichaklar perestaltikasini yaxshilaydi va hazm tizimi bilan bog‘liq ba’zi kasalliklar oldini oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Zararli bo‘lishi mumkin

Anjirning zararli ekani aniqlanmagani bilan ba’zi sabablarga ko‘ra uni iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Unda yetarli miqdorda shakar bo‘lgani uchun ham uning iste’molidan keyin qonda qand miqdori ko‘payishi hatto qandli diabet kasalligiga sababchi bo‘lishi ham mumkin. Ammo anjir bargidan tayyorlangan choy mevaning o‘zidan farqli o‘laroq, qondagi qand miqdorini nazorat qiladi.

Tarkibida shakar va kislota mavjudligi sabab anjir ham boshqa mahsulotlar singari allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin. Shu boisdan ham avval anjir yeb ko‘rmagan kishilarga birdaniga ko‘p miqdorda iste’mol qilmaslik va organizmda javob reaksiyasi bor yoki yo‘qligiga e’tibor qaratish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.