Salomatlik Salomatlik Keksalar salomatligi uchun xavfli hisoblangan kichik o‘zgarishlar

Keksalar salomatligi uchun xavfli hisoblangan kichik o‘zgarishlar

O'qildi: 272


Keksalar salomatligi uchun xavfli hisoblangan kichik o‘zgarishlar

Inson yoshi o‘tgan sayin nafaqat tez-tez xastalanib qoladi, balki kasallikka dosh berishi ham qiyinlashib boradi. Unchalik ham jiddiy ko‘rinmagan kasalliklar aslida yoshi katta insonlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Ular qaysilar ekanini bilib qo‘ygan yaxshi.

Foto: “Domashniy ochag”

Gripp

Shifokorlar, ayniqsa, yoshi katta insonlarni grippdan qattiq ogohlantiradi. Chunki 60 yoshdan o‘tganlar grippga qarshi kurashishda eng zaif guruhga aylanadi. Sababi aynan grippdan so‘ng yurak xastaligidan tortib pnevmoniyaga qadar xavfli asoratlar qoladi. Qariyalar har yili grippga qarshi emlansa-da, bu kasallikning oldini olishga yordam bermaydi. Shunchaki kasallikning asorati xavfsizroq o‘tadi.

Gripp nimasi bilan yoshi kattalar uchun xavfli hisoblanadi?

Birinchi navbatda, pnevmoniya xavfi yuqori bo‘ladi. Ko‘pincha o‘pka bilan bog‘liq muammolar grippning asosiy belgilari yo‘qolganidan ikki-uch hafta o‘tib, yo‘tal qoldiqlari orqali namoyon bo‘ladi. Bunday paytda muammo jiddiy tus olishi mumkin, shuning uchun darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur. Agar nafas qisilishi, bosh aylanishi, ko‘krak qafasidagi siqilish, qayt qilish va tana harorati ko‘tarilishi kuzatilsa, albatta, tibbiy yordamga murojaat qilish zarur.

Jig‘ildon qaynashi

Barchada ham vaqti-vaqti bilan jig‘ildon qaynashi kuzatiladi, lekin u muntazam ravishda paydo bo‘lsa yoki bir-ikki hafta va undan ham ko‘proq muddat davomida o‘tib ketmasa, surunkali jig‘ildon qaynashi yoki uning xavfli shakli – oshqozon-ichak kasalligiga olib kelishi mumkin. Aynan bu holat keksalar organizmida qizilo‘ngach qoplamasi to‘qimalariga zarar yetkazadi. Zararlangan to‘qima esa har xil bakteriya va yuqumli kasalliklar uchun ochiq eshik vazifasini bajaradi va zaiflashgan immunitetni osongina yengadi.

Kayfiyat o‘zgarishi

Yoshi katta insonlarda muntazam ravishda kayfiyatning o‘zgarishi, shuningdek, sababsiz paydo bo‘ladigan tushkunlik hissiyotlari sezila boshlansa, albatta, shifokorga murojaat qilish zarur. Bu qalqonsimon bez kasalligining dastlabki belgilari bo‘lib, vitamin yetishmasligining namoyon bo‘lishidir. Shuningdek, keksa odamlarda nogironlik holatining 6 foizi tushkunlikka tushish bilan uzviy bog‘liq. Agar ushbu ogohlantiruvchi belgilar oldindan sezila boshlasa, shifokor ko‘rigidan o‘tish va bemorga avvalgidan ko‘proq e’tibor qaratish, ijtimoiy hayotga olib kirish, ularni iloji boricha, yolg‘iz qoldirmasdan muloqot qilish tavsiya etiladi.

Suyak mo‘rtlashuvi

Menopauza davrida ayollar kalsiy moddasini faol ravishda yo‘qotishni boshlaydi va bu jarayon har o‘n yillikda tezlashadi. Yosh ulg‘aygan sari suyaklar va bo‘g‘imlar mo‘rtlashib, sinish xavfi ham oshib boradi. Ularni davolash va tiklash esa juda ko‘p vaqt talab etadi. Buning uchun yiqilishga sabab bo‘ladigan barcha xavfli omillarni yo‘q qilish muhim hisoblanadi. Bunda, eng avvalo, qulay poyabzal tanlash tavsiya etiladi, ko‘zning ko‘rish darajasi susaygan bo‘lsa, oftalmolog nazoratidan o‘tish kerak. Shuningdek, bosh aylanishi kuzatilsa, uy yoki xonadon iloji boricha past va xavfsiz holatda bo‘lishini ta’minlash zarur.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.