Salomatlik Salomatlik Bosh og‘rig‘i yoki insult? Ularning to‘rtta muhim farqi

Bosh og‘rig‘i yoki insult? Ularning to‘rtta muhim farqi

O'qildi: 282


Bosh og‘rig‘i yoki insult? Ularning to‘rtta muhim farqi

Miyaga qon quyilishi – dunyoda eng keng tarqalgan xavfli “qotil”. Har yili jahon bo‘ylab minglab insonlar miyaga qon quyilishi sababidan vafot etadi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, miyaga qon quyilishi kuzatilgan bemorlarning atigi 16 foizi to‘liq tuzaladi, kasallanganlarning 50 foizida esa oradan 5 yil o‘tib yana miyaga qon quyilish holati uchrashi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Xuruj sodir bo‘lganda shifokorlar 3,5-4 soat ichida yordam bera olishlari mumkin. Aks holda bemor nogiron bo‘lishi yoki vafot etish holatlari kuzatiladi. Shuning uchun miyaga qon quyilishi belgilari sezila boshlanganda darhol tez yordam chaqirish sog‘liq uchun muhim hisoblanadi. Ushbu kasallikning asosiy belgisi to‘satdan boshning qattiq og‘rishidir. Afsuski, buni ko‘pchilik oddiy bosh og‘rig‘i bilan adashtiradi va o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Demak, bosh og‘rig‘i va miyaga qon quyilishi o‘rtasidagi alomatlarni farqlab olish va e’tiborli bo‘lish har kim uchun muhim.

40 yoshdan oshgan va avval migren bilan kasallanmaganlar

Migren kasalligi kamdan kam hollarda o‘rta yoshda uchraydi, odatda u o‘spirinlik davrida paydo bo‘ladi va insonga butun hayoti davomida hamrohlik qiladi. Agar 40 yoshdan o‘tganlar orasida avval migren bilan kasallanmagan va to‘satdan qattiq bosh og‘rig‘i paydo bo‘lsa, darhol tez yordamga murojaat qilishi kerak. Bu paytda miyaga qon quyilishi ehtimoli juda yuqori bo‘ladi.

Sezgilarni yo‘qotish alomatlari odatdagidan farq qiladi

Ko‘ngil aynishi, yorug‘lik va shovqinga nisbatan sezgirlikning oshishi, qorin og‘rig‘i, diqqatni jamlashda qiyinchilik, bosh aylanishi, ko‘rish muammosi va hatto gapirishda ham qiynalishning paydo bo‘lishi migrenning alomatidir. Odatda, bitta bemorda ushbu keltirilgan belgilarning barchasi kamdan kam tarzda uchraydi, agar to‘satdan bosh og‘rig‘i xuruji g‘ayrioddiy alomatlar bilan kechadigan bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Alomatlar asta-sekinlik bilan kuchayib boradi

Eng og‘ir migrenda ham alomatlar bosqichma-bosqich kuchayib boradi. Miyaga qon quyilishida esa hammasi to‘satdan yuz beradi. Bir daqiqa avval hammasi yaxshidek bo‘ladi va birozdan so‘ng bosh og‘rig‘iga chidashning iloji bo‘lmaydi. Bu paytda zudlik bilan tez yordam chaqirish vaziyatga oydinlik kiritadi.

Salbiy alomatlar qiynaydi

Miyaga qon quyilishi ko‘pincha salbiy alomatlar bilan birga keladi. Masalan, zaiflik, ko‘rishning bir qismi yo‘qolishi yoki pasayishi kabilar. Migrenda esa alomatlar ijobiy, masalan, qo‘shimcha hissiyotlar tark etmaydi va barchasi odatdagidek davom etadi.

Migren va miyaga qon quyilishi o‘rtasida bog‘liqlik bormi?

Afsuski, bog‘lik mavjud. Agar inson migrendan turli sezgilarni yo‘qotish bilan birgalikda azob chekayotgan bo‘lsa, unda miyaga qon quyilishi ehtimoli bu kasallikni boshidan kechirmagan yoki faqat migrenga uchraganlardan ko‘ra ikki baravar yuqori. Agar holat shunday bo‘lsa, qon bosimini nazorat qilish, chekishni tashlash, spirtli ichimliklar va kofein miqdorini kamaytirish kerak, shuningdek, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.