Kuzda shamollashni istamaganlar uchun shifokordan 8 ta maslahat
Kuz faslini xuddi kinolarda bo‘lgani kabi bog‘larda sayohat, issiq sharf, mazali choy va sokin kechalarni tasavvur qilish mumkin. Aslida esa bu ro‘yxatning davomida shamollash yoki gripp ham o‘rin olgan. Agar bunday bo‘lishni istamaydiganlar bo‘lsa quyida shifokorning tavsiyalariga amal qilish kerak.
Foto: “Domashniy ochag”Grippga qarshi emlash
Chindan ham virusli kasalliklarning oldini olish uchun emlashdan ko‘ra samaraliroq narsa hali ixtiro qilinmagan. Bu, ayniqsa, keksa odamlar uchun juda qo‘l keladi, sababi qariyalarda shamollash yoki gripp tufayli jiddiy asoratlar rivojlanish ehtimoli ko‘proq. Umuman olganda, grippga qarshi emlash yosh tanlamaydi, shuningdek, undan keyin kasalga chalinish ehtimoli bir darajaga kamayadi.
Qo‘lni tez-tez yuvish
Nafaqat ovqatdan oldin, balki odam gavjum joylarda, masalan, jamoat transportidan foydalangandan so‘ng, albatta, qo‘l yuvilishi kerak. Bundan tashqari, viruslar eshik tutqichlari, uyali telefonlar, kompyuter klaviaturasiga joylashishi mumkin. Shuning uchun kuz va qish oylarida qo‘lni tez-tez yuvishga odatlanish zarur.
Ish joyida ovqatlanmaslik
Ish qanchalar shoshilinch bo‘lmasin yoki muhim topshiriqlar kutib turgan bo‘lsa ham hech qachon ishlash jarayonida biror yegulik yeb olishni xayolga ham keltirmaslik kerak. Ish faoliyatida olib boriladigan stol ustiga kuni bilan millionlab mikroblar joylashadi. Tushlik vaqtida esa ular avval yegulikka va shu orqali organizm ichiga kirib boradi. Agar vaqtdan muhimrog‘i salomatlik bo‘lsa, ish joyida tushlik qilishni to‘xtatish shart.
Ko‘p harakat
Faol turmush tarzi hamisha ham foydali bo‘lgan. Ayniqsa, sovuq mavsumda. Doimiy jismoniy mashqlar nafaqat jismoniy holatni, balki immunitet tizimini ham mustahkamlaydi va tashqi ta’sirlarga qarshi kurashishda yordam beradi. Shunday qilib, kuzni ishdan oldin va keyin ko‘proq sayohat qilishga chorlovchi fasl deyish to‘g‘riroq.
Dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish
Agar biror ofisda ishlaydigan odamdan misol qilinsa, u har kuni stol yuzasi,eshik tutqichlari, umuman, odamlar ko‘p tegishi mumkin bo‘lgan joylarni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan artishi kerak. Oxir-oqibat tozalashga sarflangan bir necha soniya sog‘liqni saqlab qolishi mumkin.
Yopiq xona ichida ishlash kerak
Kun davomida ofisda ishlaydiganlar uchun xona eshigini vaqti-vaqti bilan yopish tavsiya etiladi. Shunda mikrob va bakteriyalarning tarqalish tezligi kamayadi.
Burunni yuvish
Agar shamollashga chalinganlar bo‘lsa, birinchi navbatda, burunni tuzli suv yordamida tozalash tezroq davolanishga yordam beradi. Burun yo‘llarini tuzli suvda tozalash nafaqat burun orqali kirayotgan bakteriyalarni, balki mavjud yallig‘lanishni ham davolaydi.
Uyda kasal bo‘lish yaxshi
Agar har kim o‘zini kasal deb bilsa, qahramon bo‘lish uchun shoshmaslik kerak. Bu atrofdagilarni kasallikdan asrash bilan birga, uy sharoitida dam olish va uyqu organizmni tezroq tiklanishiga yordam beradi. Shamollashning jiddiy asoratlaridan xalos qiladi.
Manba