Salomatlik Salomatlik Qon bosimini bir zumda tushirish xususiyatiga ega 10 mahsulot

Qon bosimini bir zumda tushirish xususiyatiga ega 10 mahsulot

O'qildi: 284


Qon bosimini bir zumda tushirish xususiyatiga ega 10 mahsulot

Aslida har qanday kasallik yoki sog‘liq bilan bog‘liq muammo kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak, lekin mutaxassisga murojaat qilish mumkin bo‘lmagan vaqtda ushbu mahsulotlardan yordam olish mumkin.

Foto: Freepik

Pechda pishirilgan kartoshka

Kartoshka gipertoniyani davolashda samarali hisoblangan ikki mikroelement – kaliy va magniyni o‘z ichiga oladi. Kaliyga boy bo‘lgan parhez qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladigan natriyni organizmdan chiqarish xususiyatiga ega, magniy esa qon bilan ta’minlanishda muhim rol o‘ynaydi.

Sut mahsulotlari

Bir stakan sut tarkibidagi D vitamini qon bosimini 3-10 foizga tushiradi. Sut va sut mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish yurak kasalliklariga chalinish xavfini 15 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, doimiy ravishda sut iste’mol qilish kalsiy yetishmovchiligini qoplaydi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashiga qaraganda, ushbu mikroelement yetishmaganda gipertoniya rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi.

Tuxum

Uzoq vaqt davomida tuxum iste’mol qilish yurak uchun xavfli, deb hisoblangan. Ammo yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda tuxumning oqi qon bosimini pasaytirishga yordam berishi aniqlangan. Tuxum oqi qon bosimini tushirishda keng qo‘llaniladigan preparat – kaptopril singari ta’sirga ega.

Brokkoli

Ushbu sabzavotda qon bosimini tushirish xususiyatiga ega bo‘lgan foydali minerallar – kaliy, magniy va kalsiy mujassam. Shuningdek, ratsionga brokkolining kiritilishi insult, gipertoniya va yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi.

Lavlagi sharbati

Amerikaning Hypertension kardiologlar uyushmasi 2013-yilda o‘tkazgan tadqiqotlarda bir stakan lavlagi sharbati qon bosimini tushirishini aniqlagan. Bunga uning tarkibidagi qon-tomirlar va qon aylanishi uchun foydali bo‘lgan nitrat sababchi hisoblanadi.

Banan

Ushbu meva kaliyni o‘zida mujassam qilish bo‘yicha chempion hisoblanadi. Bir dona bananda kundalik me’yorning 11 foizi hisoblangan 420 milligramm kaliy bo‘ladi.

Qora shokolad

Qora shokoladda qon-tomirlarning elastikligini oshiradigan antioksidant flavanollar miqdori ko‘p bo‘ladi. Shu sabab ham kun davomida qo‘rqmasdan bir necha bo‘lak shokolad yeyish tavsiya qilinadi.

Oq loviya

Tarkibida kaliy, magniy, kalsiy mujassam bo‘lgan va qon bosimini tushirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlardan biri loviya hisoblanadi.

Anor

Uch hafta davomida har kuni bir stakandan anor sharbati ichish qon bosimining tushishiga yordam beradi.

Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa

Salomatligi, xususan, qon bosimi haqida qayg‘uradiganlar uchun kunni suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa boshlash eng yaxshi variant hisoblanadi. Unda ko‘p miqdorda mujassam bo‘lgan kletchatka arterial qon bosimning sistolik va diastolik darajasini yaxshilaydi, vaznning me’yorda bo‘lishini hamda yurak va qon-tomirlar salomatligini ta’minlaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.