Koronavirus bilan qayta kasallanish mumkinmi va buning oldini olish uchun nima qilish kerak?
Koronavirus bilan qayta kasallanish mumkinmi, degan savolga butun dunyo mutaxassis va shifokorlari turlicha fikr bildiradi. Cosmopolitan nashri amerikalik mutaxassislarning bu boradagi fikrlarini taqdim qiladi.
Foto: Getty ImagesIkkinchi marta takrorlanishi
Ayni vaqtda qayta kasallanish ko‘plab mamlakatlarda qayd qilinmoqda, ammo bu juda ham kamdan kam kuzatiladigan holat. Agar kishi kasallangan va salomatligi qayta tiklangan bo‘lsa, ma’lum muddatdan keyin unda yana o‘sha infeksiya borligi aniqlansagina, qayta kasallangan bo‘ladi.
Turli kasalliklar, xususan, gripp ham qaytalanishi mumkin, ammo bu uchun odatda kamida bir yil o‘tishi kerak bo‘ladi. COVID-19 bilan esa boshqacharoq: bir yoki bir necha oydan keyin yana kasallanish mumkin.
Olimlarning ta’kidlashiga qaraganda, qayta kasallanish holati ko‘pincha test tahlilida xatoga yo‘l qo‘yish, tahlil natijalarini adashtirib yuborish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, kasallikning qayta aniqlangan holatlari bor ekanligini inkor ham etib bo‘lmaydi.
Immunitetda qanday o‘zgarish bo‘ladi?
Koronavirusdan keyin ushbu kasallikka immunitet shakllanishi haqidagi xabarni eshitib, ko‘pchilikning ko‘ngli taskin topgan edi, ammo keyinchalik immunitet uchun javob beradigan IgG antitanachalari oradan 2-3 oy o‘tib yo‘qolishi mumkinligi ma’lum qilingan.
185 kishi ishtirok etgan tadqiqotda kasallanganlarning ko‘pchiligida immunitet kamida yarim yil, qolganlarda esa undan kamroq bo‘lishi aniqlangan. Shunga qaramay, koronavirus bilan qayta zararlanish sababini faqatgina taxmin qilish mumkin: yoki immunitet shakllanmagan yoki salomatlikdagi individual o‘ziga xosliklar, xususan, gen xalal qiladi.
Qanday qilib kasallanmaslik mumkin?
Ushbu savol pandemiya boshlanganidan beri dolzarb hisoblanadi. Ko‘plab mamlakat olimlari 1,5-2 metr ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni muntazam ravishda yuvib yurish koronavirusning tarqalishini kamaytiradi, degan fikrda. Yana ko‘pchilik niqob taqish virusning havoga tarqashini qisqartiradi, deydi. Avvalgi tadqiqotlardan birida niqobni faqat kasallanganlar taqishi kerak deyilganiga qaramay, boshqalar virusni yuqtirib olmasligi uchun ham taqishi kerak.
Qo‘lqop taqish borasida esa shubhalar mavjud. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, COVID-19 ma’lum narsa sirtida boshqalarni zararlaydigan miqdorda qolmaydi. Shunga qaramay, qo‘lqop taqish talab qilinadigan bo‘lsa, unga amal qilish kerak. Chunki hali virus to‘liq o‘rganilmagan.
Manba