Salomatlik Salomatlik Immunitet pasayishiga sabab bo‘luvchi 5 ta mahsulot

Immunitet pasayishiga sabab bo‘luvchi 5 ta mahsulot

O'qildi: 262


Immunitet pasayishiga sabab bo‘luvchi 5 ta mahsulot

Immunitet tizimini mustahkamlash uchun turli xil oziq-ovqatlar zarur bo‘lsa-da, ularning ayrimlari yordam berish o‘rniga zarar yetkazishi ham mumkin. Shuningdek, ularning aksariyati ko‘pchilikning ratsionidan joy olgan.

Foto: Psychologies

Kolbasa mahsulotlari

Ko‘pgina tayyor go‘sht mahsulotlarining yarminigina go‘sht tashkil qiladi. Ularning tarkibi kraxmal, sut kukuni, glyukoza, xushbo‘ylantiruvchi moddalar, stabilizatorlar bilan boyitiladi. Yog‘ va sun’iy qo‘shimcha moddalar immunitet uchun xavfli, chunki ular taloqning qon tomir tizimiga ortiqcha yuk bo‘ladi. Yog‘lar va qo‘shimcha moddalar organlar tomirining yopilib qolishiga sabab bo‘ladi. Natijada qon aylanishi sekinlashadi.

Souslar

Pishloqli sous, ketchup va mayonez zararli yog‘larni o‘z ichiga oluvchi mahsulot hisoblanadi. O‘z navbatida, achchiq va nordon souslar ham ichak shilliq qavatiga zarar yetkazadi. Ichakdagi foydali bakteriyalar esa tanaga oziq-ovqat bilan kiradigan patogenlarni yo‘q qiladi. Shuningdek, ular B guruh vitaminlarini sintez qiladi va qondagi immunitet hujayralarini tartibga soladi.

Qahva

Og‘ir, shoshilinch ish, betartib uyqudan so‘ng kun davomida qahva hamrohga aylanishi tabiiy. Ammo och qoringa qabul qilingan qahva ichak shilliq qavatini bezovta qiladi, xuddi souslar singari zarar yetkazadi. Shuning uchun ishdagi tanaffus vaqtida nafaqat bir stakan qahva ichish, balki uni olma yoki sabzavotli salat bilan iste’mol qilish yaxshiroq. Bundan tashqari, ko‘p miqdordagi qahva uyquga ta’sir o‘tkazadi. Uyquning me’yoriy emasligi esa o‘z-o‘zidan immunitet tizimini susaytiradi.

Nonushta uchun quruq yeguliklar, tezpishar ovqatlar

Ovqat tayyorlash uchun vaqt yoki istak bo‘lmaganda quruq yoki tezpishar yeguliklar yordamga keladi. Ammo bunday yeguliklar tarkibidagi kraxmal, ta’m kuchaytiruvchi moddalar, palma yog‘i va ziravorlar juda xavfli hisoblanadi. Bu vaziyatda toksinlar taloqqa ortiqcha yuk bo‘ladi.

Shakar

To‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari doimiy ravishda ortiqcha shakar iste’mol qilish xavfi haqida takrorlaydi. Bu bevosita immunitetga bog‘liq emas, balki ovqat hazm qilish tizimi orqali ta’sir qiladi. U foydali bakteriyalarni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan oqsil ishlab chiqarishni kamaytiradi va turli xil yallig‘lanishning katalizatori sifatida ishlaydi. Va nihoyat, u tanadan kalsiyni chiqarib tashlaydi va ichakdagi foydali bakteriyalarning ko‘payishiga xalaqit qiladi. Shuning uchun immunitet tizimini mustahkamlashda tabiiy yogurt, meva va sabzavotlar iste’molini ko‘paytirish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.