Salomatlik Salomatlik Qizilo‘ngach saratoni: e’tibordan chetda qoldirish mumkin bo‘lmagan 5 ta alomat

Qizilo‘ngach saratoni: e’tibordan chetda qoldirish mumkin bo‘lmagan 5 ta alomat

O'qildi: 309


Qizilo‘ngach saratoni: e’tibordan chetda qoldirish mumkin bo‘lmagan 5 ta alomat

Qizilo‘ngach saratoni oshqozon-ichak traktining eng keng tarqalgan o‘sma kasalligi hisoblanadi. Har yili butun dunyoda 16 mingdan ko‘proq yangi bemorlar ro‘yxatga olinadi. Yildan-yilga ushbu kasallik ko‘rsatkichi ortib borayotgani esa achinarli holat, albatta.

Foto: “Domashniy ochag”

Erkaklarda qizilo‘ngach saratoni ayollarga nisbatan 3,5 baravar ko‘proq uchraydi. Shuningdek, kasallikning yuqori darajasi 50-59 yoshni tashkil etadi. Qizilo‘ngach saratonining dastlabki belgilari namoyon bo‘la boshlaganda, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish muammolarni biroz bo‘lsa-da, bartaraf etadi.

Yutinganda og‘riq yoki qiyinchilikning paydo bo‘lishi

Qizilo‘ngach – bu og‘iz va oshqozonni bog‘laydigan naycha. Agar unda o‘sma paydo bo‘lsa, bemorlarga ovqatni yutish qiyin bo‘ladi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bemorda ilk alomat qattiq ovqat yoki go‘shtni yutish bilan namoyon bo‘ladi. Bunda biroz og‘riq seziladi. Vaqtida shifokorga murojaat etilmasa yoki choralar ko‘rilmasa, keyinchalik yumshoq taomlar, hattoki suyuqliklar iste’molida ham qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Jig‘ildon qaynashi va kislotalilikning ortishi

Vaqti-vaqti bilan jig‘ildon qaynashi, oshoqzon kislotaliligi tufayli oziq-ovqat zarralari oshqozondan qizilo‘ngachga qaytganda kislota oqimi bilan kurashishga to‘g‘ri keladi. Ushbu jarayonlarning tez-tez kuzatilishi ham qizilo‘ngach saratonining alomati bo‘lishi mumkin.

Ovqatlanishdan keyin yo‘tal tutishi

Bu birinchi navbatda qizilo‘ngach saratoniga aylanishi mumkin bo‘lgan gastroezofagial refleks kasalligi yoki Barret qizilo‘ngachi tashxisi qo‘yilgan odamlarga tegishli. Yo‘tal, ayniqsa, ovqat iste’mol qilgandan so‘ng kuzatilsa, saraton rivojlanishining alomati bo‘lishi mumkin.

Besabab vazn yo‘qotish

Asossiz vazn yo‘qotish ko‘pincha saratonning ko‘plab shakllariga, shu jumladan, qizilo‘ngach saratoniga hamroh bo‘ladi. Yoki yutishda og‘riqlar paydo bo‘lgani uchun bemor kamroq ovqat iste’mol qilishni boshlaydi. Shu sababdan ham vazn kamayishi kuzatiladi. Agar ortiqcha harakat va sabablarsiz ozish jarayoni kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Kuchli charchoq hisi

Saraton kasalligining yana bir alomati bemor o‘zini juda charchagan his qilishidir. Agar oddiy kundalik mashg‘ulotlar juda ko‘p energiya talab qilsa va buning ortidan charchoq kelib chiqsa, shifokorga tashrifni ortga surmaslik lozim. Kasallik qancha erta aniqlansa, uning xavflilik darajasi shuncha kamayadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.