O‘pkani qanday holatlarda tomografiya qildirgan ma’qul? Uning foyda va zararli jihatlari
Pandemiya vaqtida ko‘pchilik profilaktika maqsadida kompyuter tomografiyasini o‘tkazadi. Ammo tekshiruv foydali bo‘lishi uchun uni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshirish mumkin.
Foto: “wday.ru”Aksariyat bemorlar ko‘krak qafasidagi o‘zgarishlar, nafas qisilishini pnevmoniyaning asosiy belgilari bilan aralashtiradi. Ko‘krak qafasi va kuraklar orasidagi og‘riq, hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi tomografiya uchun sabab bo‘la olmaydi. Avvalo, bir kilometrga yugurish yoki 10-qavatga piyoda ko‘tarilganda nafas olishga ahamiyat berish zarur. Bu, albatta, jismoniy faoliyat bilan bog‘liq. Shuningdek, biror odam oddiy uy ishlarini bajarishda ham xuddi yugurayotgan inson kabi nafas oladi. Bu quyidagilarning belgilari mavjudligini ko‘rsatadi:
- isitma;
- yo‘tal;
- tomoq og‘rig‘i.
Tomografiya oqibatlari
Bir necha daqiqa davomida kompyuter tomografiyasi soniyasiga 256-512 rentgen tasvirini oladi. Ko‘krak qafasining 1 KT uchun qabul qilingan nurlanish dozasi taxminan 2 yillik hayot davomida quyoshdan olingan nurlanish bilan teng. Bu juda katta ko‘rsatkich bo‘lib, shuning uchun ham tomografiya faqatgina shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Katta ko‘rsatkichli nurlanish esa quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
- kuyish;
- qon tarkibining o‘zgarishi;
- tananing erta qarishi;
- bepushtlik;
- avlodlarda irsiy kasalliklarning rivojlanishi.
Zamonaviy kompyuter tomografiya skayneri bu juda aniq texnologiyalar yordamida tayyorlangan dasturiy ta’minot kompleksidir. Tomografiya odatda nayga o‘xshaydi, unda bemor yotgan stol old va orqaga qarab harakatlanadi. Ba’zi odamlar qo‘rquvi yoki juda katta hajmga ega ekanligi sababli ular yopiq emas va aylana shaklida ishlangan. Ushbu halqa shaklidagi qurilmalarda rentgen nurlar qabul qiluvchi bemor atrofida katta tezlikda harakat qiladi. Shunday qilib, har soniyada maxsus qismlar tayyorlanadi, so‘ngra bu bo‘limlar kompyuter tomonidan qayta ishlanadi. Bu esa tananing barcha burchaklarini to‘liq tekshirishga imkon beradi.
Kompyuter tomografiyasi skelet suyaklari va limfa tugunlarida o‘sma metastazalarini aniq ko‘radi. Qon tomirlari, miya shikastlanishi uchun mavjud holatni namoyon etadi. Shuningdek, o‘pka saratoni va sil kasalligini turli bosqichlarda aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, shifokorlarga bemorning jag‘i va tishlari qanday joylashtirilganligi haqida tezkor ma’lumot beradigan stomatologik mini-komyuter tomografiyalari ham mavjud. Bugungi kunda tomografiya qilish ko‘lami juda keng, ammo bularning barchasi shifokor ruxsatnomasi bo‘yicha amalga oshirilishini unutmaslik kerak.
Manba