Kartoshka, qahva va sariyog‘. Ozayotganlar uchun bezarar bo‘lgan mahsulotlar
Parhezshunos mutaxassislarning ma’lum qilishicha biz zararli deb hisoblab iste’mol qilishdan tiyiladigan mahsulotlar aslida unchalik zararli emas, qaytaga foydali bo‘lishi ham mumkin.
Foto: FreepikKartoshka
Kartoshka yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Ushbu sabzavotda yurak faoliyati uchun muhim bo‘lgan mikroelement – kaliy mavjud. Shuningdek, yaxshi va yomon xolesterinni me’yorlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan C va B6 vitamini hamda ko‘plab kletchatkani o‘z ichiga oladi. Foydasini saqlab qolish uchun uni qaynatib yoki pechda pishirish kerak.
Qahva
Homilador ayollar va 2 turdagi qandli diabeti bor bemorlar ushbu ichimlikdan tiyilgani yaxshi. Qolganlar uchun esa kuniga bir yoki ikki finjon qahva ichish foydali bo‘ladi. U jigarni sirrozdan himoya qilishga yordam beradi, ba’zi saraton turlari rivojlanish xavfining oldini oladi. Bundan tashqari, qahva depressiyada yaxshi samara beradi, kayfiyatni ko‘taradi va o‘zingizni tetik his qilishingizga yordam beradi.
Sariyog‘
A vitamini ko‘rish qobiliyatining ravshanligi, E vitamini gormonlar sintezining me’yorda bo‘lishi, K vitamini esa immunitet yaxshilanishi, buyrak faoliyati uchun hamda kalsiy va D vitaminining organizmga singishi uchun muhim sanaladi. Ushbu vitaminlarning barchasi esa sariyog‘ tarkibida bo‘ladi. Gap shundaki, ularning bari yog‘ bilan qo‘shilganda organizmga yaxshi singadi.
Pasta
Qomat buzilishi yoki semirib ketishdan qo‘rqib, pasta yeyishni bas qilishga hojat yo‘q. Chunki pastaning qattiq bug‘doydan tayyorlangani tarkibida ko‘plab foli kislota va selen borligi sabab semirtirmaydi. Sifatli va to‘g‘ri tanlanganidan tayyorlangan taom foydali kletchatka va vitaminlarning koni bo‘ladi va undan voz kechish yaramaydi.
Yong‘oq
Kaloriya va yog‘larga boy ekanligiga qaramay, yong‘oqda oqsil va kletchatkalar, yurak qon-tomir va miya faoliyati uchun muhim bo‘lgan vitaminlar limmo-lim bo‘ladi. Tarkibidagi yog‘ ham salomatlik uchun unchalik zararli emas. Monoto‘yingan o‘simlik yog‘lari vitamin hamda foydali moddalarning organizmga singishi, shuningdek, qon tomirlari mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Manba