Salomatlik Salomatlik Labga uchuq chiqsa nima qilish kerak?

Labga uchuq chiqsa nima qilish kerak?

O'qildi: 762


Labga uchuq chiqsa nima qilish kerak?

Immuniteti yaxshi bo‘lgan kishilarda labdagi uchuq odatda ikki hafta ichida o‘tib ketadi. Bir yoki ikki soat davomida uchuqni bartaraf qiladigan dori mavjud bo‘lmasa ham, davolashga yordam beradigan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Freepik

Davolash qancha tez boshlansa, shuncha yaxshi. Virusga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi maz bu borada sizga yordam bera oladi. Bitishini tezlashtirish uchun qattiqlasha boshlaganida namlantiruvchi krem surtish kerak.

Uy sharoitida nima qilish mumkin?

Suv va olma sirkasi qo‘shilgan aralashmaga botirilgan paxtali cho‘pni zararlangan sohaga surting. Olma sirkasi ayrim bakteriya va viruslarga qarshi kurashishda yordam berishi mumkin.

Shuningdek, husnbuzarlarni bartaraf qiladigan kosmetik vositalar tarkibidan o‘rin oladigan choy daraxti yog‘i ham yordam berishi mumkin. U terini quritadi, yaraning bitishini tezlashtiradi hamda gerpes virusining oddiy turi bilan kurashishga yordam beradi.

Shuningdek, viruslarga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgan propolis ham yarani tezroq bitishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Kosmetika

Aslida yara tezroq bitishi uchun unga teginmaslik kerak. Lekin muhim uchrashuvga boradigan bo‘lsangiz, silikon asosli praymerdan foydalanishingiz mumkin. Praymer surtgandan keyin biroz vaqt o‘tib konsiler ishlating. Keyin oddiy pomada surtishingiz mumkin. Unutmang bakteriya tushishining oldini olish uchun yaraga tegmaslik, achishmasligi uchun esa achchiq va nordon taomlardan vaqtincha tiyilish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.