Salomatlik Salomatlik Yurak xurujining kutilmagan simptomi aniqlandi

Yurak xurujining kutilmagan simptomi aniqlandi

O'qildi: 355


Yurak xurujining kutilmagan simptomi aniqlandi

Hech qanday sababsiz to‘satdan terlash boshqa alomatlar bilan birgalikda yurak xurujining xabarchisi bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Yurak xurujining asosiy ogohlantiruvchi belgilariga quyidagilar kiradi:

  • ko‘krak qafasida og‘riq yoki noqulaylik;
  • zaiflik, bosh aylanishi, hushdan ketish;
  • jag‘, bo‘yin yoki orqada og‘riq;
  • bir yoki ikkala qo‘lda og‘riq;
  • nafas qisishi;
  • sovuq ter.
Yurak xuruji kuzatilayotgan vaqtda terlashning sababi shundaki, qon tiqilib qolgan arteriyalar orqali qon quyish uchun yurak ko‘proq harakatni talab qiladi. Yuzaga kelgan qo‘shimcha stress paytida haroratni pasaytirish uchun tana ko‘proq terlashni boshlaydi.

Shifokorlar ta’kidlaganidek, terlash ko‘krak qafasidagi kuchli og‘riq, bosh aylanishi va nafas qisilishi bilan kechadigan bo‘lsa, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.

Qayd etilishicha, yurak xurujining oldini olishning eng samarali usuli bu foydali ovqatlarni iste’mol qilish, chekishni tashlash va qon bosimini me’yoriy darajada ushlab turishdan iborat.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.