Salomatlik Salomatlik Yurak salomatligida muammo borligini qanday bilsa bo‘ladi?

Yurak salomatligida muammo borligini qanday bilsa bo‘ladi?

O'qildi: 259


Yurak salomatligida muammo borligini qanday bilsa bo‘ladi?

Inson salomatligi uchun muhim sanalgan yurak faoliyatida salbiy o‘zgarishlar yuz berishi boshqa bir qancha kasalliklarga sabab bo‘lishi, e’tibor berilmasa, oqibati o‘lim bilan ham yakun topishi mumkin. Dastlab, bemor qon bosimi, qand va xolesterin miqdorini tekshirtirib olishi kerak. Qolaversa, oilaviy kasallik tarixini ham ko‘zdan kechirish kerak. Yurak bilan bog‘liq muammolarga irsiyat yoki zararli odatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Yurak yoshini bir necha savollarga javob berish orqali onlayn test yordamida ham aniqlasa bo‘ladi.

Foto: Freepik

Xavfni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Qon bosimini vaqti-vaqti bilan o‘lchab turish kerak. Yuqori ko‘rsatkich 130 dan baland bo‘lmasligi kerak.

Qand va xolesterin miqdorini nazorat qilish uchun qon tahlili topshirish kerak. Xolesterin 5,0 mmol/l, qondagi qand miqdori esa 5,5 mmol/litrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Jismoniy faollik darajasini nazorat qilish kerak. Kuniga kamida 1000 qadam yurish, hafta davomida 150 daqiqa davomida jismoniy faol bo‘lish kerak.

Qaysi zararli odatlar yurak salomatligiga jiddiy ta’sir qiladi?

Chekadigan, kam harakat, taomnomasida tuz va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan kishilarda, qolaversa, ortiqcha vaznga ega va spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlarda ushbu xavf yuqori bo‘ladi.

Chekishni tashlagan odamda xavf kamayadimi?

Kishi chekishni tashlaganiga 1 yil bo‘lganidan keyingina chekmaydiganlar sirasiga kiradi. O‘pka, yurak va qon tomirlarda chekish tashlanganidan bir necha kun o‘tiboq ijobiy o‘zgarish kuzatilishi mumkin, ammo sezilarli yaxshilanish 1 yildan keyin yuz beradi.

Stressning salomatlikka zarar yetkazadigan darajada ekanligini qanday bilish mumkin?

Stressli vaziyat yoki undan keyin pulsning ko‘payishi, bosh og‘rishi, qon bosimining ko‘tarilishi stressning haddan ortiq ekanligidan darak berishi mumkin. Stress ko‘p ekaniga o‘rganib qolgan ba’zi kishilarda esa vazn ortishi ham organizmning reaksiyasidan dalolat berishi mumkin.

Yurak kasalliklarining oldini olishning 3 asosiy qoidasi: chekmang, to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiling va jismoniy faollikni ko‘paytiring.

Jiddiy muammolar kelib chiqmasligi uchun yurak-qon tomiri tizimidagi qaysi ilk belgilarga e’tibor qaratish kerak?

Aksariyat hollarda bosh og‘rishi va qon bosimi ko‘tarilishi kuzatiladi, ammo ko‘pchilik og‘riqqa chidash va shunchaki og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishni kifoya deb biladi. Jismoniy zo‘riqish, og‘ir ko‘tarish va kuchli emotsiyada bo‘lganda ko‘krak sohasida yurak ishemiyasi bilan bog‘liq og‘riq sezilishi ham mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.