Salomatlik Salomatlik Mutaxassislar saratonning kutilmagan simptomlari haqida ma’lumot berdi

Mutaxassislar saratonning kutilmagan simptomlari haqida ma’lumot berdi

O'qildi: 281


Mutaxassislar saratonning kutilmagan simptomlari haqida ma’lumot berdi

AARP notijorat tashkilotining mutaxassislari organizmda saraton rivojlanayotganidan dalolat beradigan va aksariyat hollarda e’tibordan chetda qoladigan besh asosiy simptom haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Express nashri xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Radiologie.de

Rivojlanishining dastlabki bosqichida darmonsizlik kuzatilmagani sabab ham saraton belgilarini payqash qiyin bo‘ladi. Osilgan qovoqlar o‘pka, yutinishning qiyinlashishi qizilo‘ngach, shamollash bilan bog‘liq bo‘lmagan ovoz bo‘g‘ilishi esa hiqildoq saratonidan darak beradi.

Mutaxassislarning fikricha, qorin shishining o‘tib ketmasligi tuxumdonlar saratoniga xos simptom bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, peshob rangining o‘zgarishiga ham diqqat qaratish kerak. Peshobning to‘q jigarrang bo‘lishi oshqozon osti bezining, qizg‘ish bo‘lishi esa siydik pufagi, buyraklar yoki prostata bezi saratoniga xos alomat bo‘lishi mumkin.

Avvalroq dunyoda eng keng tarqalgan saraton turlari haqida ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, 2020-yilda saraton kasalliklari orasida o‘lim holatining eng yuqori ko‘rsatkichi o‘pka saratoniga chalinganlarda qayd etilgani, undan keyin kollekterial saraton, jigar saratoni, oshqozon va ko‘krak saratoni bilan bog‘liq ekani ta’kidlangan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.