Oshqozon osti bezi saratoni belgilarini bilasizmi?
Oshqozon osti bezi saratoni o‘smalarning eng ko‘p uchraydigan turlaridan biridir. Bemorlarning 85 foizidan ortig‘i tashxis qo‘yilgandan keyin bir yil ichida vafot etadi.
Foto: Pacient clubOshqozon osti bezi saratonini dastlabki bosqichlarda tashxislash juda qiyin. Ko‘pincha, bemorlarga dahshatli kasallikning tashxisi qo‘yilganda, o‘simta allaqachon ildiz otib ulgurgan bo‘ladi va uni davolash juda qiyin.Jahon statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kasallik bosqichidan qat’i nazar, tashxis qo‘yilgandan keyingi birinchi yilda bemorlarning atigi 25 foizi tirik qoladi. Shu bilan birga, 6 foizidan ko‘p bo‘lmagani 5 yil yashaydi, ammo agar saraton dastlabki bosqichlarda aniqlansa va operatsiya o‘tkazilsa, bu ko‘rsatkich 22 foizgacha ko‘tariladi.
Apple asoschisi Stiv Jobs, aktrisa Lyubov Orlova, Luchano Pavarotti, aktyorlar Patrik Sueyzi va Oleg Yankovskiy oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan.
O‘simta qancha erta aniqlansa, bemorning operatsiyadam muvaffaqiyatli chiqish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Ammo Yevropada o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik oshqozon osti bezi saratonining bir dona ham alomatini ayta olmaydi.
Ogohlantiruvchi belgilar:
- bel orqasi yoki qorindagi og‘riq – bu dastlab paydo bo‘lishi va yo‘qolib ketishi mumkin, lekin yotganda va ovqatdan keyin kuchayadi.
- kutilmagan vazn yo‘qotish.
- sariqlik. Eng aniq belgi – teri va ko‘z oqlarining sarg‘ayishi. Bundan tashqari, peshob quyuq sariq yoki to‘q sariq rangga aylanishi mumkin.
- ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
- ichakdagi noqulaylik;
- titroq va isitma;
- ovqat hazm qilishning buzilishi.
Mavzuga doir:
- Jigarda muammo borligini anglatuvchi simptomlar
- Buyraklar salomatligini ta’minlashga yordam beradigan maslahatlar
- Ko‘richakni o‘tkazib yubormaslik uchun: kasallikning kutilmagan alomatlari
- Pankreatit: xavfli kasallikning o‘z vaqtida bilish muhim bo‘lgan belgilari
Manba