Salomatlik Salomatlik Do‘stlar insonni infarkt va koronavirusdan qanday himoya qila oladi?

Do‘stlar insonni infarkt va koronavirusdan qanday himoya qila oladi?

O'qildi: 345


Do‘stlar insonni infarkt va koronavirusdan qanday himoya qila oladi?

Do‘st nafaqat zerikish, yolg‘izlik va hayotdagi muammolardan xalos qiladi, balki atrofda yaqinlar qancha ko‘p bo‘lsa, uzoq umr ko‘rish imkoniyati ortib, shifokor bilan ko‘rishish ehtimoli kamayadi. Barcha ham keksalikka qadar salomatlikni asrashni xohlaydi. Buning uchun, albatta, sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish hamda chin do‘stlar orttirish kerak. Shundagina ular yordamida bir qancha kasalliklardan xalos bo‘lish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Ortiqcha vazn

Yosh o‘tgan sayin ortiqcha vazn eng jiddiy muammolardan biriga aylanadi. Uni nazorat qilish qanchalar muhim bo‘lsa, shu bilan birga, qiyin hamdir. Xo‘sh, ortiqcha vazndan qutilish uchun nima qilish mumkin?Buning eng samarali usuli – yaqinlar bilan tez-tez muloqot qilish va faol vaqt o‘tkazishdir. Bu orqali semirib ketish ehtimoli shuncha pasayadi. Chunki yolg‘iz insongina stress va depressiyaga tushadi. Shuningdek ko‘proq yaqinlar davrasida sog‘lom ovqatlar iste’mol qilinadi.

Yurak kasalliklari

Shvetsiyalik tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, yolg‘iz turmush tarzini olib boradigan odamlarda yurak xurujidan vafot etish ehtimoli ikki baravar yuqori. Faol muloqot esa yurakning yaxshi ishlashiga yordam beradi va organizmda qon tezroq aylanadi. Sevimli do‘stlar davrasidagi suhbat esa yanada kayfiyatni ko‘tarib, organizm uchun foyda keltiradi. Faqatgina spirtli ichimliklardan mustasno holatda.

Alsgeymer kasalligi

Yoshlarga qaraganda qariyalar faol muloqotga ko‘proq muhtoj bo‘ladi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, do‘stlar bilan muloqot qilish yosh bilan bog‘liq demensiya xavfini ikki baravarga kamaytiradi. Shuningdek, do‘stlar bilan aynan uchrashish shart emas. Buning uchun ijtimoiy tarmoqlardagi aloqa ham foyda beradi.

Shamollash va gripp

Immunitet tizimi zaiflashuvining sabablaridan biri – bu stress, muloqotsizlik va yolg‘izlik tuyg‘usidir. Yaqinlar bilan suhbat esa stressni minimallashtirishga yoki bartaraf etishga yordam beradi. Pandemiya vaqtida o‘zini o‘zi yakkalash holatida insonlar Zoom orqali yaqinlar bilan suhbat qurib, xavfli kasallikdan himoyalandi.

Zararli odat hamda qaramlik

Har qanday qiyin vazifa ham kompaniya va undagi hamkasblar bilan birga amalga oshiriladi. Yomon odatlarga qarshi kurashish ham bundan istisno emas. Chekishni tashlay olmaydiganlar iloji boricha ushbu yomon odatga berilmagan guruh davrasida bo‘lishi kerak. Shunda kashandalikni tashlash oson kechadi. Sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, faol hayot tarzi – bularning barchasini amalga oshirish uchun ushbu prinsiplar asosida hayot kechiruvchi insonlar bilan do‘st tutinish kerak. Ular bilan birgalikda barchasini bajarish juda oson.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.