Ozish jarayonida organizm duch keladigan 5 ta xatar
Nozik qad-qomat hamda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish istagi ko‘pincha aql-idrokni ham yengib o‘tadi. Va ba’zida dahshatli oqibatlarga ham olib keladi. Shuning uchun ko‘r-ko‘rona parhezlarga rioya qilish tufayli nimalar yuz berishi bilan tanishib chiqing.
Foto: “Ladies.ru”Metabolizm sekinlashuvi
Metabolizm yoki sodda qilib aytganda, organizmda sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayoni hayotni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reaksiyalarning murakkab jarayonidir. Ma’lumki, metabolizm qancha faol bo‘lsa, vazn tashlash ham shuncha tez ro‘y beradi. Shuning uchun ko‘plab ayollar ortiqcha kilogrammdan tezroq xalos bo‘lish niyatida oziq-ovqat iste’molini keskin ravishda cheklaydi. Aynan natija kutilganidek bo‘lishi ham mumkin. Ammo ta’sir uzoq vaqt davom etmaydi. Keraklicha vazn tashlangach, parhezdan uzoqlashish holati kuzatiladi. So‘ngra kaloriyalar hisobi haqida unutiladi va yana vazn orta boshlaydi.
Immunitet tizimining zaiflashuvi
Hech kimga sir emaski, qattiq parhez tutish immunitet tizimining zaiflashuviga olib keladi. Har qanday ovqatdan tanani mahrum qilish orqali kerakli vitaminlar yetishmovchiligi paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ma’lum bir kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassislar barcha muhim vitaminlarni iste’mol qilish orqali asta-sekin vazn tashlashga yordam beradigan parhezga rioya qilishni maslahat beradi.
Teri hamda soch holatining yomonlashishi
Ortiqcha vazndan qutulish niyatida bo‘lganlar teri hamda soch haqida ham unutmasligi lozim. Chunki mineral va vitaminlar yetishmasligi tashqi ko‘rinishga aniq ta’sir o‘tkazadi. Porloq rangini yo‘qotgan sochlar, toshmalarga to‘lgan teri amaldagi parhezning tana uchun zararli ekanligidan darak beradi. Natijada sog‘liqqa salbiy ta’sir etish bilan birga, teri va sochning sifati ham buzilishi mumkin.
Tanadagi chiziqli belgilar
Afsuski, parhez tutgan har ikkinchi ayol teridagi chiziqlarga duch keladi. Garchi vazn yo‘qotish to‘rt kilogrammdan ortmasa ham, ushbu muammo yuzaga chiqishi mumkin. Buning uchun parhez davomida oddiy qoidalarga amal qilish lozim:
- massaj;
- terini namlantirish;
- kontrastli dush qabul qilish.
Ko‘pincha yelka, qorin va ko‘krak qafasi sohalarida terining osilishi kuzatiladi. Va bu muammoga 15 kilogrammda ortiq vazn yo‘qotgan har bir kishi duch keladi. Bunday holda faqat plastik jarrohlik yordamga kelishi mumkin. Shuningdek, kosmetologik muolajalar yordamida teri osilishining oldini olish ham mumkin.
Manba