Salomatlik Salomatlik Gollivudcha sir: qanday qilib sport va parhezsiz vazn kamaytirish mumkin?

Gollivudcha sir: qanday qilib sport va parhezsiz vazn kamaytirish mumkin?

O'qildi: 439


Gollivudcha sir: qanday qilib sport va parhezsiz vazn kamaytirish mumkin?

Chiroyli qomat – nafaqat doimiy mashg‘ulotlar va to‘g‘ri ovqatlanish, balki do‘kon aylanish, restoranda taom buyurtma qilish kabi kichik yumushlar natijasi bo‘lishi ham mumkin. Har holda Gollivudning yulduzlari shunday deb o‘ylaydi hamda quyidagi oddiy holatlardan ham unumli foydalanadi.

Foto: Pinterest

Kundalik yumushlar

Kundalik uchun kiyim tanlash kabi oddiy hodisalar ham nafaqat aqlni ishlatishga undaydi, balki vazn kamayishiga ham olib keladi. Ushbu vazifani shunchaki zerikmaslik uchun emas, aksincha bu orqali qancha kaloriyadan xalos bo‘lish va ideal qomatga yaqinlashishni tasavvur qilish kerak.

Ish

Xo‘sh, kompyuterda ishlash zararlimi?Aslida ha, ammo bu borada bir qancha istisnolar ham mavjud. Monitor oldida ishlash ham ozishga yordam beradi. Masalan, hujjatlari tekshirish, saytlarni kuzatish yoki grafika va jadvallar tuzish bilan soatiga 101 kkal sarflash mumkin.

Oila

Insonga, albatta, ilk navbatda uning yaqinlari quvonch ulashadi. Ajoyib kayfiyat beruvchi hayotdagi sodiq do‘stlar, oila a’zolar va qadrdonlar fitness o‘qituvchilari hisoblanadi. Garchi buni o‘zlari bilmasa ham.

Shahar tashqarisidagi hordiq

Masalan, yaxshi ob-havoda tabiat qo‘ynida dam olish juda foydali. Toza havo, ko‘zni quvontiradigan va kayfiyatni yaxshilaydigan manzara tufayli kaloriyalar sarflanadi va mushaklarga kuch yig‘iladi. Shuningdek, bog‘bonlik ham soatiga 300 kkal sarflanishiga olib keladi va o‘z-o‘zidan ortiqcha vazn bartaraf etiladi.

Sayohat

Albatta, bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilish oson ish emas. Buning uchun bir qancha ishlarni amalga oshirish lozim: mashinaga o‘tirish, uni boshqarish, manzilga qadar piyoda kirib borish va uchish. Natijada yaxshi kayfiyat bilan birgalikda faollik kuzatiladi. Bu esa insonning tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.