Salomatlik Salomatlik Sut bilan iste’mol qilinganda sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi mahsulotlar

Sut bilan iste’mol qilinganda sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi mahsulotlar

O'qildi: 245


Sut bilan iste’mol qilinganda sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi mahsulotlar

Bugungi kunda sut mahsuloti yuzasidan olib borilayotgan ikki xil qarash mavjud. Birinchisi, voyaga yetgandan so‘ng organizm laktozani qayta ishlash qobiliyati pasayadi, shuning uchun ham sut mahsulotlari osonlikcha hazm bo‘lmaydi. Ikkinchi qarash esa oqsilga boy sut inson ratsionidan ajralmasligi kerak va uni boshqa narsalarga almashtirib bo‘lmaydi.

Foto: Getty Images

Shuningdek, yoshlikdan odatlanib kelgan sut va boshqa mahsulotlar kombinatsiyasining ayrimlari sog‘liqda xavfli jarayonlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Sut va qahva

Qahvaning sut bilan birikmasi shartli ravishda xavfli hisoblanadi. Shu bilan birga, mutaxassislar oqsilni bunga sabab deb ko‘rsatmoqda. Ertalab kayfiyatni ko‘tarish uchun ichiladigan qahvaga sut qo‘shmagan ma’qul, chunki natija teskarisi bo‘lishi mumkin.

Sut va choy

Xuddi shu hodisa tabiiy antioksidant bo‘lgan ko‘k choy bilan ham bog‘liq. Ikkalasining o‘zaro aralashuvi ta’sir kuchini kamaytiradi. Ushbu kombinatsiyaning yana bir kamchiligi shundaki, ichimlik qon tomir kengaytirish qobiliyatini susaytiradi.

Sut va baliq, dengiz mahsulotlari

Sut mahsulotlaridan tayyorlangan souslar hamda baliqni birgalikda iste’mol qilish oshqozon ishlash jarayoniga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Muammo shundaki, organizmda ikki xil oqsilning uchrashuvi natijasida me’yor oshadi va buyrakning zo‘riqishiga ham olib keladi.

Sut va tuxum

Sut, tuxum va pishloq kombinatsiyasi organizm uchun o‘ta og‘ir taom hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassislar omletni odatdagi qovurilgan yoki qaynatilgan tuxum bilan almashtirishni tavsiya etadi.

Sut va meva

Mutaxassislar sut va mevalarni imkon qadar alohida iste’mol qilish foydali ekanini ta’kidlaydi. Kechki ovqatdan so‘ng shirin mevalarga asoslangan qaymoqli shirinliklar me’da osti bezi uchun jiddiy qiyinchilik tug‘diradi va jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Qovun, banan va mango sut bilan eng noloyiq kombinatsiya bo‘lib, oshqozon ularni hazm qilishi uchun rekord darajada vaqt va kuch sarflaydi.

Sut va sabzavot

Sazavotlar ham sut uchun yaxshi sherik hisoblanmaydi. Pomidor, brokkoli, qovoq va sabzi har qanday oziq-ovqat bilan mukammal birlashtirilsa-da, sut bu borada yaxshi tanlov emas.

Shuni yodda tutish kerakki, har qanday ovqatdan ikki soat oldin yoki keyin bir stakan sut ichish tavsiya etiladi. Ovqat vaqtida ichilgan sut esa me’da shirasining ta’sirida qotib qoladi va boshqa mahsulotlarni o‘rab, hazm bo‘lishga to‘sqinlik qiladi. Natijada oshqozon buzilishi va og‘riq kuzatilishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.