Magniy uyqusizlikni yengishga qanday yordam beradi?
Har bir inson hayoti davomida ba’zida vaqtida uxlashga qiynaladi. Bunga stress, haddan tashqari charchash, ta’tilsiz ishlash va shovqinli muhit ham sabab bo‘lishi mumkin. Agar uyqusizlik surunkali bo‘lsa, bu ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, organizmda zaiflik, asabiylashish, diqqatni jamlashni uddalay olmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Magniy esa bunday vaziyatda uyquni yaxshilashga yordam beradi.
Foto: Pop-Up ScienceMagniy inson tanasi uchun eng muhim bo‘lgan minerallardan biri hisoblanadi. U organizmdagi 600 dan ortiq reaksiyalar oqimi uchun zarurdir. Magniy suyaklarni mustahkamlaydi, qon tomirlari va yurak mushaklarining elastikligini oshiradi. Miyani harakatga keltiradi, mushaklar spazmining oldini oladi va asab tizimini normal holatga keltiradi. Shuningdek, sog‘lom uyqu bilan ham ta’minlaydi.
Qolaversa, magniy murakkab metabolik jarayonlarda ishtirok etib, kimyoviy darajadagi zaiflikni me’yorlashtiradi. Og‘ir kunlardan keyin barcha tashvishlarni unutib, dam olishga imkon berish qiyin kechishi tabiiy. Bunga esa magniy yordam beradi. Mineral asab tizimida faollashadi va miyaga dam olish vaqti kelganini aytadigan neyromediatorlarni boshqaradi.
Bundan tashqari, magniy uyqu gormoni – melatonin ishlab chiqarishga ta’sir qiladi, uning miqdorini oshiradi. Mineral asab tizimini tinchlantirish uchun mas’ul bo‘lgan retseptorlar bilan bog‘lanishga qodir.
Tadqiqotchilar tanadagi magniy yetishmovchiligini uyqusizlik yoki notinch uyqu bilan bog‘laydi. Ammo mineral yetishmasligidan saqlanish qiyin emas. Magniy ko‘p miqdorda yashil sabzavot, meva, yong‘oqlar, go‘sht va baliqda mavjud. Shuningdek, mineral parhez qo‘shimchalari shaklida ham qabul qilinishi mumkin. Eng asosiysi, qo‘shimchalar qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Manba