Yuqori qon bosimini tushirishning tabiiy usullari
Gipertoniya salomatlik bilan bog‘liq xavfli oqibatlarga olib kelgani sabab ilk simptomlardanoq zarur choralarni ko‘rish kerak.
Foto: “Domashniy ochag”Sog‘lom ovqatlanish
Eng avval, kundalik ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish, tuz, hayvon yog‘i va oq non iste’molidan tiyilish, buning o‘rniga ko‘proq meva va sabzavot yeyish kerak. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, parhezning o‘zi bilan 2 oyda qon bosimini oltitaga kamaytirish mumkinligi aniqlangan. Kaliyga boy banan, apelsin, kartoshka va tabiiy yogurt, magniyning koni bo‘lgan yashil sabzavotlar, donli va dukkakli mahsulotlar hamda yong‘oq, ayniqsa, foydali hisoblanadi.
Tuzli mahsulotlardan tiyiling
Parhezshunoslar, eng avvalo, tarkibida tuz bisyor bo‘lgan yarim tayyor va kolbasa mahsulotlaridan tiyilish kerakligini ta’kidlaydi.
Shifobaxsh damlamalar
Choy va ayrim shifobaxsh o‘tlar dori singari ta’sir qilib, qon bosimini tushiradi. Masalan, bo‘ritaroqdan tayyorlangan choy qon-tomirlarni kengaytirib, tonggi qahvaning o‘rnini bosishi, tinchlantirishi va tetiklashtirishi mumkin.
Jismoniy faollik
Yugurish, suzish, raqs, umuman, istalgan jismoniy faollik yurak va qon tomirlarni mustahkamlab, qon bosimining me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Samara yaxshi bo‘lishi uchun kun davomida 20 daqiqa mashqlarga vaqt ajratish kerak bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, mashg‘ulotlardan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qiziqarli fakt: Tennis to‘pini 10 daqiqa davomida qo‘lda ushlash turish qon bosimini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Bunday mashq davomida kaftdagi faol nuqtalar uqalanadi va ikki haftadan keyin qon bosim ko‘rsatkichi eski holiga qaytishi mumkin bo‘ladi.
Qalb va tana
O‘zingizga vaqt ajratib, dam olishni ham biling. Asabiylashish va zo‘riqish stress gormonining ishlab chiqarilishini jadallashtirib, qon bosimining oshishiga hissa qo‘shadi. Shuni inobatga olgan holda kun davomida 10 daqiqani meditatsiyaga ajrating. Stressga sabab bo‘ladigan har qanday narsadan uzoq yuring, qon bosimingiz me’yordan baland bo‘lmasa ham, profilaktikani hoziroq boshlang. Unutmang, qon bosimining me’yorda bo‘lishi, sog‘lom va baxtli bo‘lishingizga hissa qo‘shadi.
Mavzuga doir:
- Valeriankaga hojat yo‘q: Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot
- Qon bosimining oshishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
- Past qon bosimini tezda ko‘tarish uchun nima qilish kerak?
- Insult va infarktsiz hayot. Kasallikka chalinmaslik uchun hozirdan amal qilish kerak bo‘lgan 7 odat
Manba