Salomatlik Goʼzallik Dermatologlar tomonidan sinovdan o‘tgan yuz parvarishi bilan bog‘liq tavsiyalar

Dermatologlar tomonidan sinovdan o‘tgan yuz parvarishi bilan bog‘liq tavsiyalar

O'qildi: 166


Dermatologlar tomonidan sinovdan o‘tgan yuz parvarishi bilan bog‘liq tavsiyalar

Teri har 28 kunda yangilanishiga qaramay, uni muntazam ravishda parvarish qilish kerak. Ba’zan oddiy narsalarga e’tibor bermaymiz, ammo ular terining holatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.

Yumshoq ko‘pikdan foydalanishadi

Foto: AdMe

Dermatologlar mevali kislotalar, glikolik yoki sut kislotalari bilan yuz yuvish vositalarini tanlashni tavsiya qiladi. Ushbu ingrediyentlar o‘lik teri hujayralarini avaylab yuvishga yordam beradi. Yuvayotganda ham yuzingizni sekin va muloyimlik bilan massaj qiling.

Tarkibida C vitamini bo‘lgan mahsulotlarni ishlatishadi

Foto: AdMe

Dermatologlarning fikriga ko‘ra, C vitamini qizarish va yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beruvchi xususiyatlarga ega. Har kuni qo‘llanilganda C vitamini terini oqartirishga va tinchlantirishga yordam beradi.

Bu barcha teri turlari uchun yaxshi samara beradi. Avvaliga C vitaminining past konsenratsiyasi bo‘lgan mahsulotdan foydalaning — taxminan 10%. Keyin sezuvchanlik darajasiga qarab konsenratsiyani asta-sekin oshirishingiz mumkin.

Qishda quyuq namlantiruvchi krem qo‘llashadi

Foto: AdMe

Qishda qo‘shimcha stresslar tufayli ehtiyot bo‘lish kerak. Terining himoya to‘sig‘i buzilishi mumkin, bu esa akne paydo bo‘lishiga olib keladi. Dermatologlar sovuq mavsumda jo‘xori, keramidlar yoki B3 vitamini deb ham ataladigan niatsinamid kabi ingrediyentlarni o‘z ichiga olgan kremlardan foydalanishni maslahat berishadi.

Mobil telefon ekranini muntazam artib turishadi

Foto: AdMe

Kir telefon tufayli yonoqlarda akne paydo bo‘lishi mumkin. Telefon har doim qo‘lda bo‘lgani uchun bakteriyalar uchun ko‘payish maydoniga aylanadi. Telefoningizni yuzingizga tutganingizda bu bakteriyalar teringizga tushishi mumkin. Ekranni tez-tez antibakterial salfetka bilan arting.

Qon aylanishiga e’tibor berishadi

Foto: AdMe

Yosh o‘tgan sari teri kamroq kislorod va ozuqa moddalarini oladi. Natijada u quriy boshlaydi. Qon oqimi yaxshi aylanishi uchun kuniga 3 daqiqa boshingizni pastga osiltirib turing — bu terini parvarish qilish bo‘yicha eng yaxshi maslahatlardan biri. Ushbu mashqni devorga tik turgan holda yoki boshingizni yotoqning chetiga osiltirib bajarishingiz mumkin.

Yog‘li teri uchun quyoshdan saqlovchi pudra ishlatishadi

Foto: AdMe

Terini quyoshning zararli ta'siridan himoya qilish qanchalik muhimligini hamma biladi. Kremga muqobil sifatida quyoshdan himoya qiluvchi pudradan foydalanish mumkin. Mineral asosli pudra quyoshdan qo‘shimcha himoya qilish va teri yaltirashini kamaytirishga yordam beradi.

Quyoshdan himoya qiluvchi krem namlantiruvchi krem sifatida ishlatiladi

Foto: AdMe

Gap quyoshdan himoya qilishdan tashqari, namlovchi xususiyatlarga ham ega krem haqida ketyapti. Quyoshga qarshi kremni nafaqat yuzingizga, balki qo‘l va oyoqlaringizga ham surtishingiz mumkin. Biroq terining turiga mos mahsulotni tanlash juda muhim.

Quruq teri uchun gialuron kislotasi yoki glitserinli krem ​​mos keladi; yog‘li uchun — akne olib kelishi mumkin bo‘lgan yog‘larsiz; ta’sirchan terilar uchun esa parabensiz va sulfatsiz krem qidiring.

Yuzni bir tomonga bosib uxlashmaydi

Foto: AdMe

Muntazam ravishda yon tomonda uxlaganda, bir tomonga juda ko‘p bosim tushadi. Bu yonoq suyaklarini ezadi, ishqalanish va bosim tufayli ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Chalqancha uxlagan ma’qul: bu bilan yuz terisi bosimga duchor bo‘lmaydi va silliq bo‘ladi.


Mavzuga doir

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.