Salomatlik Goʼzallik Kimlarga va nima uchun qazg‘oqqa qarshi shampundan foydalanish tavsiya etilmaydi?

Kimlarga va nima uchun qazg‘oqqa qarshi shampundan foydalanish tavsiya etilmaydi?

O'qildi: 302


Kimlarga va nima uchun qazg‘oqqa qarshi shampundan foydalanish tavsiya etilmaydi?

Ba’zilar o‘z hayotini qazg‘oqqa qarshi shampunsiz tasavvur qila olmaydi. Ammo bu ko‘proq ayollarga tegishli, ular sochlarini yaxshi holatda saqlashni xohlasa, undan umuman foydalanmagani ma’qul, deb yozadi The Voice Mag.

Foto: Pinterest

Ayollarning aksariyati sochlarini muntazam ravishda bo‘yab yuradi va ular kamida bir necha hafta davomida chiroyli rangni saqlab qolish qanchalik qiyinligini biladi. Rangning yorqinligini saqlashning asosiy usuli bir xil: soch tolalarini tashqi ta’sirlardan imkon qadar himoya qilish. Soch rangini saqlab qolish uchun dazmol, fen, ployka kabi turmaklovchi vositalardan foydalanish sonini kamaytirish va shampunni o‘zgartirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, yuvish chastotasini hech bo‘lmaganda biroz kamaytirishga harakat qilish kerak, natijada bo‘yoq soch tolasidan shunchaki yuvilib ketmaydi. Qolaversa, soch rangini saqlab qolish uchun maxsus shampunlardan foydalanish kerak.

Mutaxassislar standart mahsulotlarni go‘zallik javonidan chiqarib tashlashni tavsiya qiladi. Ayniqsa, qazg‘oqqa qarshi shampunlarni. Afsuski, qazg‘oqqa qarshi shampunlarning ko‘pchiligi sochlarning rangini ketkazishga moyildir. Bundan tashqari, ushbu turdagi shampunlar sochlarning qurishiga olib keladi.

Shuning uchun bir necha haftada bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan formulaga ega yoki maxsus dorixona shampunlari bilan professional salon mahsulotlarini tanlash tavsiya etiladi. Yaxshisi, eng samarali, tasdiqlangan va xavfsiz parvarish uchun mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.