Salomatlik Goʼzallik Qahva, kivi va bodringdan teri parvarishi uchun 4 ta samarali retsept

Qahva, kivi va bodringdan teri parvarishi uchun 4 ta samarali retsept

O'qildi: 373


Qahva, kivi va bodringdan teri parvarishi uchun 4 ta samarali retsept

Uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan mazkur retseptlar teri holatini yaxshilashga yordam beradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Qahva

Qahva donalari magniy va E vitaminiga boy. Tabiiy kosmetika mahsuloti sifatida terini mukammal darajada tozalaydi, antioksidant vazifasini bajaradi va ajoyib antibakterial vositadir. Qahva asosidagi piling skrabini tayyorlash uchun uch choy qoshiq maydalangan qahva va bir choy qoshiq tuz kerak bo‘ladi. Qahva tayyorlanadi va tuz solinib, past olovda 10 daqiqa qaynatib olinadi, so‘ngra sovitishga qo‘yiladi. Skrab dushda foydalanish uchun mukammal kosmetik vosita hisoblanadi, terini namlaydi va holatini yaxshilaydi.

Bodring

Bodring biriktiruvchi xususiyatga ega, shuning uchun ham bodring kosmetikada faol qo‘llaniladi. Undan tonik tayyorlash uchun o‘rta kattalikdagi bodring va ikki osh qoshiq asal kerak bo‘ladi. Bodring blenderda maydalanadi, so‘ngra uning sharbati siqib olinadi. Olingan sharbat asal bilan aralashtiriladi. Tayyorlangan tonik ertalab va kechqurun yuz va bo‘yin sohasiga surtilishi mumkin. Aralashma muzlatkichda bir haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatda saqlanishi kerak.

Kivi

Kivi tarkibida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud bo‘lib, bu meva teri uchun juda foydali. Undan tozalovchi skrab tayyorlash uchun bitta kivi, ikki osh qoshiq oddiy yogurt, bir choy qoshiq bodom yog‘i, bir osh qoshiq asal, bir choy qoshiq maydalangan bodom va ikki tomchi apelsin essensiyasi kerak bo‘ladi. Blender yordamida kivi maydalab olinadi, yogurt, bodom yog‘i va maydalangan bodom qo‘shiladi. Bularning barchasi qaymoq holatiga kelguncha aralashtiriladi. Olingan aralashma bo‘yin va yuz sohasiga muloyimlik bilan surtiladi, keyin yaxshilab chayiladi.

Jambil

Jambil uzoq vaqt davomida o‘zining tonik va dezinfeksiyalash xususiyatlari bilan mashhur. Agar jambil arpabodiyon urug‘lari bilan birlashtirilsa, teri uchun ajoyib tozalovchi losion bo‘lishi mumkin. Jambilning ikki novdasi maydalanib, ikki choy qoshiq arpabodiyon urug‘i bilan aralashtiriladi, keyin bir stakan qaynoq suvga solinadi. Yarimta limon sharbati qo‘shiladi va 15 daqiqaga qoldiriladi. Tayyor bo‘lgan aralashma sovigach, muzlatkichga qo‘yiladi. Ushbu losionni har kuni ertalab ishlatish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.