Ko‘zlarni kattaroq qilib ko‘rsatish uchun 6 ta hiyla (foto)
Ko‘zlarni kattaroq va ifodaliroq qilishning sinalgan usullari bilan tanishing.
1.Kattalashtiruvchi rangli linzalardan foydalaning
Bu hiylani koreys qizlar o‘ylab topgan. Tabiatan qisiq ko‘zlar kattaroq ko‘rinishi uchun ular ko‘zning rangdor pardasi kattalashgan linzalarni taqadi. Ammo ulardan foydalanishdan oldin oftalmolog bilan maslahatlashgan ma’qul. Ba’zi odamlarda linzalarni juda qisqa vaqt taqish natijasida ham qichishish yuzaga kelishi mumkin.
2. Ko‘z burchaklariga va qosh ostiga och tus bering
To‘q tuslar kichikroq, ochlari esa — kattaroq qilib ko‘rsatadi. Ko‘zlarni kattalashtirish uchun albatta qovoqning ichki burchagini va qosh ostini ochartiring. Buning uchun och rangli jilosiz tenlardan yoki xaylayterdan foydalaning.
3. Ko‘zga qalam va podvodka bilan chizishni to‘g‘ri bajaring
Qalam bilan ko‘z atrofini aylantirib bo‘yash natijasida ko‘zlar kichrayib qoladi. Faqat yuqori qovoqning kiprik joylashgan chetini bo‘yash kerak. Pastki qovoqda esa faqat kiprik ostini ko‘z yarmigacha bo‘yang. Qalam chizig‘ini yaxshilab ishqalang va ten qo‘ying. “Strelka” chizmoqchi bo‘lsangiz, albatta ko‘zning tashqi burchagidan qosh uchlariga qarata chiziq chiqaring.
4. Pastki qovoq shilliq chizig‘iga oq qalam chizing
Bu nafaqat ko‘zni kattalashtirib ko‘rsatadi, balki charchoq izlarini ham bekitadi.5. Ko‘k, siyohrang yoki moviy rangli laynerdan foydalanib ko‘ring
Bu sovuq va to‘q ranglar makiyajni yorqinroq, nigohingizni esa ifodaliroq qiladi.
6. Kipriklaringizga hajm bering
Kipriklar qanchalik qalin va uzun bo‘lsa, ko‘zlar shunchalik katta ko‘rinadi.
Buning uchun yuqoridagi kipriklarni maxsus qisqichlar bilan qayiring, so‘ng tushning birinchi qatlamini suring. Kipriklaringizga biroz upa sepib, ikkinchi qatlamini suring. Pastki kipriklarga esa faqat bir qavat tush suring yoki umuman bo‘yamasdan qoldiring.
Manba: “Woman.ru”
Manba