Salomatlik Goʼzallik Qanday qilib yosh bolali ona bir kunda yarim soat vaqt sarflab o‘zini tartibga keltirishi mumkin?

Qanday qilib yosh bolali ona bir kunda yarim soat vaqt sarflab o‘zini tartibga keltirishi mumkin?

O'qildi: 319


Qanday qilib yosh bolali ona bir kunda yarim soat vaqt sarflab o‘zini tartibga keltirishi mumkin?

Har qanday endigina yosh bolali bo‘lgan ona ozishni orzu qiladi – fitnes-zalga borishga esa vaqti ham, puli ham yo‘q. Biz qomatni avvalgi holatiga qaytarishga yordam beradigan yarim soatlik juda tushunarli va oddiy 6 mashqdan iborat to‘plamni tanladik.

Foto: Shutterstock
  1. Aylanma mashqlar

https://youtu.be/BjCaqNrPNgk

Besh daqiqalik bu mashqlar asosiy mushaklarni qizdirishga va cho‘zishga yordam beradi.

  1. Sindi Krouford bilan mashq qilish

Mashhur supermodel nima va nima uchun qilayotganini aniq biladi. Bunga ishonish uchun ikki nafar katta yoshli bolalarning onasi qanday ko‘rinishiga qarashning o‘zi kifoya qiladi: o‘rningizdan turing va bajaring. Va hammasi yaxshi bo‘ladi.

  1. Qorinni yo‘qotish

https://youtu.be/c-VWD4FShbE

Deyarli hamma onalarda tez-tez uchrab turadigan muammo – hatto ilgari ortiqcha vaznga ega bo‘lmaganlarning ham. Professional trener qorin mushaklariga asta-sekinlik bilan og‘irlik tushirish bilan aynan nima qilish kerakligini aniq qilib tushuntiradi va ko‘rsatadi.

  1. O‘sayotgan bola bilan birga bajariladigan mashqlar

https://youtu.be/vDcsewYYtyE

Bu mashqlar juda oddiy ko‘rinadi – lekin ular haqiqatan ham juda samarali. Yaxshi tomoni shundaki, bu mashqlarda boladan jonli og‘irlik sifatida foydalaniladi.

  1. Tug‘uruqdan keyingi mashqlar

https://youtu.be/yP-ILwXd0AI

Ko‘pchilik tibbiyot xodimlari va fitnes-trenerlar tug‘ishdan keyin darrov har qanday mashqlarni bajarish zararli deb hisoblaydi. Bu mashqlarning shunisi yaxshiki, ularni hatto tug‘uruqxonada ham bajarish mumkin.

  1. Tug‘uruqdan keyin umurtqani tiklash

https://youtu.be/DnLQ0PZ2nS0

Umurtqaga yumshoq va xavfsiz og‘irliklar beruvchi bu maxsus mashqlar to‘plami umurtqaning tiklanishiga va to‘g‘rilanishiga yordam beradi.

Manba: “Detstrana.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.