Salomatlik Goʼzallik 40 yoshdan keyin qomatni saqlab qolish mumkinmi?

40 yoshdan keyin qomatni saqlab qolish mumkinmi?

O'qildi: 317


40 yoshdan keyin qomatni saqlab qolish mumkinmi?

Kishi ulg‘aygani sari qomatni saqlash ham qiyinlashib boradi. Biroq mutaxassislar 40 yoshdan keyin ham sarvqomat bo‘lib qolish mumkinligini ta’kidlamoqda. Quyida buning ba’zi usullarini keltirib o‘tamiz.

Foto: “Beautifulskin.com”
  1. Kuniga 8 soatdan uxlash
Amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar uyqu yetishmasligi ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib kelishini ko‘rsatdi. 40—50 yoshli kishilar uchun me’yoriy uyqu davomiyligi 7—8 soatni tashkil etadi, va asosiysi, ushbu uyqu sifatli bo‘lishi kerak.
  1. Gavdani tutishga e’tibor qarating
Yosh kattaroq bo‘lganida gavdani tutishga yordam beradigan jismoniy mashqlarni tanlash kerak. Zero ichki organlar salomatligi ham, tashqi ko‘rinish ham tayanch-harakat tizimi ishiga bog‘liq. Tik qad, kerilgan yelkalar va yengil qadamlar har qanday gavdaga ayollik nazokatini beradi.
  1. Ovqatlanishni tartibga solish
Yosh o‘tgan sari vaznni kamaytirishning standart usullari kamroq ish bera boshlaydi. 40 yoshda gormonal fon o‘zgaradi, bu vazn tebranib turishiga sabab bo‘ladi. Bu davrda doimiy vaznni saqlab qolish, va ayniqsa, ozish qiyinlashadi.

Ekspertlar oziq-ovqat ratsionida quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llashni tavsiya etadi:

  • Ratsioningizdagi suv miqdoriga e’tibor bering, toki to‘qimalarda ortiqcha suyuqlik ushlanib qolmasin. Suvni ovqat qabul qilish oralig‘ida iching. Sevimli ichimligingizni kunning birinchi qismida iste’mol qiling.
  • Sut va o‘simliklardagi oqsillarni afzal ko‘ring. Mol va qo‘y go‘shtlari yosh kattalashgan sari qiyinchilik bilan hazm bo‘ladi. Agar hayotingizni go‘shtsiz tasavvur eta olmasangiz, parranda go‘shti va baliqni tanlang. Tvorog, pishloq, qo‘ziqorinlarni ko‘proq iste’mol qiling.
  • Tabiiy mahsulotlar tarkibiga kiruvchi sust uglevodlarni iste’mol qiling. 40 yoshdan keyin metabolizm(moddalar almashinuvi)sekinlashib qoladi, biroq shirin kulchalar, shokolad va boshqa shirinliklar o‘rniga don mahsulotlari, yormalar, mevalarni tanlash orqali uni tezlashtirish mumkin.
  1. Taomga yengilroq qarang
Buning uchun chiroyli qilib dasturxon bezang, sevimli taomlaringizni torting, ulardan to‘yguningizcha yeng. Yeb bo‘lgach esa boshqa huzur-halovatlarni qidirishni boshlang. Yaqin kishilaringiz bilan vaqt o‘tkazing, bog‘da sayr qiling, qushlar sayrashiga quloq soling, tikish-bichish qiling, rasm chizing, yangi atir sotib oling. Asosiysi, jismingiz olamda ovqatdan boshqa yoqimli narsalar ko‘pligini his qilsin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.