Bilib qo‘ygan yaxshi! Yuz terisini parvarish qilish haqida 10 ta fakt
Yuz terisi hamisha parvarishga muhtoj. Ammo uni har kim ham to‘g‘ri amalga oshiravermaydi. Quyida esa yuz terisi bo‘yicha bir necha fakt keltirilgan. Mazkur ko‘rsatmalar qo‘llana boshlansa, teri yaxshi natijaga erisha boshlaydi.
Foto: “Maroshka.com”Namlantiruvchi vositalardan foydalaning
Agar yuz terisidagi asosiy muammo nimada ekanligi noma’lum bo‘lsa, oziqlantiruvchi, tiklovchi, vitamin va yumshatuvchi niqoblardan foydalanib ko‘rish tavsiya etiladi. Shuningdek, sifatli namlantiruvchi kosmetik vositalarni ham qo‘llash zarur. Birinchidan, terini ortiqcha namlash mumkin emas. Ikkinchidan, agar teri yetarlicha namlanmagan bo‘lsa, boshqa foydali tarkibiy qismlar unga mos kelmaydi. Uchinchidan, ehtimol teridagi muammolar aynan namlik yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
Bug‘lash jarayonini amalga oshiring
Foydali niqobni bug‘langan teriga surtish yaxshi natija beradi. Maxsus bug‘lovchi qurilma mavjud bo‘lmasa, uy sharoitida ham buni amalga oshirish mumkin. Buning uchun idishga issiq suv quyiladi va atrofi sochiq bilan o‘ralib, yuz bug‘ga tutiladi. Ushbu jarayon 2—3 daqiqadan oshmasligini unutmaslik zarur. Natijada yuzdagi bo‘yoqlar tubigacha yuvilib, teri mukammal tozalanadi.
Tejamkorlik qilmang
Odatda ko‘p ayollar niqobdan foydalanganda bo‘yin va yelka sohasini unutib qo‘yadi yoki niqobni tejashga urinadi. Aslida ushbu ikki sohaga ham xuddi yuznikidek parvarish zarur. Chunki bo‘yin haqiqiy yoshni yuzga nisbatan aniq namoyon qiladi.
Yuz terisini o‘rganing
Yuz terisini parvarishlashdan avval uni yaxshilab o‘rganish yoki kosmetolog huzuriga borish zarur. Sababi yuz terisi bir xil bo‘lmasligi va birdaniga turli xil parvarish vositalarini talab qilishi mumkin. Buning uchun arzon yoki sifatsiz mahsulotlardan qochish va har bir hudud uchun mos keladigan vositadan foydalanish kerak.
Yuz terisi qurishiga yo‘l qo‘ymang
Loyga asoslangan niqoblardan foydalanishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish zarur. Niqobning ustki qismi qurib qolmasidan avval yuvib tashlash tavsiya etiladi. Aks holda niqob teridan namlikni tortib oladi.
Vaqtni inobatga oling
Salonlarda professional kosmetolog yoki dermatolog tomonidan ishlab chiqarilganlaridan tashqari bitta niqob 20 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida terida turmasligi kerak. Optimal ta’sir qilish vaqti 10—15 daqiqani tashkil etadi.
Niqobni olishda ehtiyot bo‘ling
Niqobdan foydalangandan so‘ng yuzada qolgan ortiqcha narsalarni qo‘l bilan olib tashlash kifoya qilmaydi. Eng yaxshisi, mitsel suvi yoki tonik bilan yuvish zarur. So‘ngra terini odatdagidek parvarish qilish tavsiya etiladi.
Yordamchi variantlarni tanlang
Muntazam parvarish qilish uchun va ma’lum bir muammoni tezda hal qilish uchun mo‘ljallangan bir martalik niqoblar mavjud. Ikkisi ham yuz terisi uchun foydali bo‘lib, terini tarang va yorqin ko‘rinish bilan ta’minlaydi.
Niqoblarni sivorotka(zardob)bilan birga qo‘llamang
Niqob va sivorotka juda faol va o‘tkir tarkibiy qismlardan iborat. Ikkala vositadan bir vaqtda foydalanish — ulardan birini behuda sarflash bilan bir xil.
Kosmetik vositalarni tekshirib ko‘ring
Agar kosmetikaga allergik reaksiya bo‘lsa, uni butun yuzga surishdan oldin niqobni tekshirib ko‘rgan ma’qul. Avval u tirsak sohasiga suriladi va 10—15 daqiqa ushlab turiladi. So‘ngra kun davomida terining holati kuzatiladi.
Manba