Taramaslik, tarang qilib yig‘maslik va soch ho‘lligida amalga oshirish tavsiya qilinmaydigan boshqa odatlar
Sochning go‘zalligini samarali saqlab qolish uchun hamisha sochlar namligida zaif bo‘lishini yodda tutish muhim. Shikastlamaslik uchun nimalar qilmaslik kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: FreepikSochlaringizni uzoq vaqt ho‘l qolmasin
Nam sochlar bilan qancha ko‘p yurilsa, ular shuncha zaiflashadi. Bu mutaxassislar tomonidan sochlarning gidrocharchashi deb ataladi. Ammo buning oldini olish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Sochlarni o‘zi qurishini kutmay, sochiq bilan yaxshilab quriting. Shuningdek, mutaxassislar uyquga ho‘l soch bilan yotmaslikni tavsiya qiladi. Ertalab uyg‘onganda nam sochlaringiz yostiqqa to‘kilganini ko‘rishingiz mumkin. Qolaversa, ertalab sochlarni ko‘ngildagidek turmaklashni uddasidan chiqish ham mushkul. Bugungi kunda do‘kon va salonlarda yuvish va undan keyingi vaqtda sochlarni himoyalashga yordam beradigan sprey, konditsioner va boshqa vositalarni topish muammo emas. Shunday ekan hech ikkilanmay ulardan foydalaning.
Sochlarni ildizidan uchigacha taramang
Yuvish vaqtida sochlar chigal bo‘lib qolsa, darhol taroqdan foydalanishga oshiqmang — avvaliga barmoqlar bilan silliqlashga harakat qiling. Bu bilan siz shikastlanish xavfini kamaytirishga muvaffaq bo‘lasiz. Iloji boricha tishlari katta taroq ishlating va tarashni sochlarning uchidan boshlab, ildizi tomon yo‘naltiring. Vaqtni tejash uchun esa sochlarni ho‘l bo‘lishidan avval katta tishli taroq bilan tartibga keltirish ayni muddao.
Nam sochlarni tepadan qilib yig‘ib olmang
Ho‘l bo‘lganda sochlar sezilarli darajada cho‘ziladi. Tepadan tarang qilib yig‘ish esa zo‘riqishga sabab bo‘ladi. Bu qayta-qayta takrorlanganda esa sochlar mo‘rt va nosog‘lom bo‘lib qoladi. Shuni esdan chiqarmagan holda sochlarni yig‘ishdan avval yaxshilab quriting. Ayniqsa, zakolkaning qanday matodan tikilganiga alohida e’tibor bering. Yumshoq plastik yoki mato eng yaxshi variant hisoblanadi.
Sochlaringiz ho‘l vaqtida ployka, dazmol va boshqa vositalardan foydalanmang
Sochlarni turmaklash uchun mo‘ljallangan qurilmalar 100 yoki undan ortiq darajada qizishi mumkin bo‘lgan sirt bilan qoplanadi. Ulardan sochlar nam vaqti foydalanish esa tolalarning shikastlanishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibida yog‘ bo‘lgan issiqlikdan himoyalovchi vositalardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling
Bunday vositalardan foydalanish sochlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Gap shundaki, ba’zi yog‘lar kam yonuvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Qizdirilganda qo‘shimcha taranglashish, taralganda esa qiyinchilik keltirib chiqaradi. Quritilganda bunday vositalarni yuvilmaydigan konditsionerlar bilan birga ishlatgan yaxshi. Bunda tarash oson bo‘ladi va sochlar shikastlanmaydi.
Manba