Salomatlik Goʼzallik Soch uchun foydali bo‘lgan 3 ta tabiiy niqob retsepti

Soch uchun foydali bo‘lgan 3 ta tabiiy niqob retsepti

O'qildi: 400


Soch uchun foydali bo‘lgan 3 ta tabiiy niqob retsepti

Barcha mahsulotlar odatda hammaning oshxonasida yoki har qanday dorixonada topiladi.

Foto: Pinterest

Soch uchun mo‘ljallangan eng qimmat mahsulotlarda ham asosiy ish, qoida tariqasida, bitta komponent tomonidan amalga oshiriladi. Ulardan ba’zilari laboratoriyalarda yaratilsa, ayrimlari esa har bir oshxonada.

Yogurtli niqob

Sochning rangini yaxshilash va qalinlashtirish uchun to‘liq yog‘li yogurt, bitta tuxum va bir qoshiq asalni aralashtiriladi. Olingan aralashmani ildizlarga va sochning butun uzunligi bo‘ylab surtiladi va yarim soatga qoldiriladi. Niqob yaxshiroq so‘rilishi uchun polietilen qalpoq kiyish mumkin. Agar bosh terisiga skrab effekti kerak bo‘lsa, aralashmaga bir choy qoshiq shakar qo‘shish tavsiya etiladi.

Yogurt sut kislotalarini o‘z ichiga oladi va bosh terisi uchun o‘ziga xos eksfoliatsiya sifatida yordam beradi, shuningdek, sochlarga yorqinlik qo‘shadi. Tuxum soch tuzilishini oqsil bilan oziqlantiradi, uning ta’sirini laminatsiya bilan solishtirish mumkin. Asal esa ajoyib antiseptik bo‘lib, u penitsillin kashf etilishidan oldin teri kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan.

Nikotin kislotasi

Ushbu super vosita soch o‘sishini mezoterapiyadan ko‘ra ko‘proq tezlashtiradi. Buning uchun dorixonadan ampulalarda nikotin kislota(niatsin)sotib olinadi va uni soch niqoblariga qo‘shiladi yoki sof shaklda ildizlarga surtiladi. Niqoblar ko‘rsatmalarga muvofiq yuviladi va sof kislota 15-20 daqiqa davomida ushlab turilishi mumkin. Aytgancha, nikotin kislota tamaki bilan bog‘liq emas, bu PP vitamini bo‘lib, odatda u go‘shtda mavjud.

Nikotin kislota issiqlik ta’siriga ega. Teri bilan aloqa qilgandan so‘ng, u gipermiya(qon aylanishini tezlashtiradi), qon bilan soch o‘sishi va sog‘liq uchun zarur bo‘lgan vitaminlar soch ildizlariga tushadi. Nikotin kislota ta’sirini yaxshi bosh massajiga tenglashtirish mumkin, faqat bir necha daqiqaga qo‘llash kerak. Aytgancha, niatsin ko‘pincha soch o‘sishi uchun qimmatbaho shampunlarning asosiy tarkibiy qismidir.

Olma sirkasi shampuni

2 osh qoshiq ichimlik sodasi, 2 stakan suv, 1 choy qoshiq yog‘ va 3 osh qoshiq olma sirkasi aralashmasi sochingizni bir zumda silliq qilib, unga g‘ayrioddiy yorqinlik baxsh etadi. Buning uchun barcha mahsulotlar aralashtiriladi, nam sochlarga qo‘llanilib,shampun sifatida foydalaniladi. Aralashma ko‘piklanmaydi, lekin sochni yaxshi jilolaydi va bosh terisini tozalaydi. Quruq sochlarning oldini olish uchun haftada bir marta foydalanish mumkin.

Bosh terisining normal pH qiymati 5,5 bo‘lishi kerak, ammo ko‘plab shampunlar bu qiymatni buzadigan gidroksid reaksiya hosil qiladi. Sirka ularning ta’sirini zararsizlantirishga va terining gidrolipid muvozanatini saqlashga yordam beradi. Tashqi ta’sirga ko‘ra, sirka soch kutikulasini mukammal silliqlaydi, silliqlangan kutikula esa yorug‘likni mukammal aks ettiradi va sochlarga haqiqiy yorqinlik va jilo beradi. Asosiysi, tabiiy sirka ishlatish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.