Har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan makiyaj qilish sirlari
Quyidagi oddiy usullar nafaqat vaqtingizni, balki pulingizni ham tejaydi.
Foto: FreepikQo‘llashdan oldin qora qalamni qizdirib oling
Ko‘z chetiga tekis va silliq strelka chizish uchun ko‘zga surtiladigan qalamni qizdirish kerak. Buning uchun qalam uchini olovga(masalan, zajigalkaga yoki yonib turgan gugurtga)bir soniya qo‘ying, sovishi uchun taxminan 15 soniya kuting. Strelka qanchalik tartibli va chiroyli chiqqanidan hayron qolasiz!
Makiyajni turli xil yorug‘likda sinab ko‘ring
Uydan chiqishdan oldin qilingan makiyajni boshqa yorug‘likda ham tekshiring: kechki payt yorqinroq chiroq ostida yoki kunduzgi yorug‘likda. Bu yuzning notekisligini yoki ko‘z qovoqlarida qolgan ortiqcha tenlarni ko‘rishga yordam beradi.
Shaffof asos bilan birgalikda oq lakdan foydalaning
Manikyurni yorqinroq qilish uchun shaffof asos bilan birga oq lak qo‘llang: u tirnoq plastinkasini bo‘yoqlardan samarali himoya qiladi, shuningdek, asosiy lak rangini yanada yorqin ko‘rsatadi.
Kipriklaringizni to‘g‘ri bo‘yang
Kipriklarni bo‘yashda tush cho‘tkasini yuqoriga emas, balki burun tomonga yo‘naltiring – shunda kipriklar qalinroq, ko‘zlar esa katta va ifodali ko‘rinadi.
Atirni to‘g‘ri qo‘llang
Puls nuqtalariga: bilaklar, quloqlarning orqasi, bo‘yin tagiga seping.
Bo‘shagan kosmetikani tashlab yubormang
Suyuq bo‘yanish bazasi tugadimi?Naychani kesib oling va idish devorlarida to‘plangan qoldiqni kichik idishchaga quying. Qanchalik ko‘p baza qolganiga hayron qolasiz.
Oq qalam bilan ko‘zlarga urg‘u bering
Oddiy, ammo samarali usul: oq qalamni butun ko‘z qovog‘iga surting, shundan keyingina tendan foydalaning. Oq qalam rangni yaxshilaydi va ko‘zlarni yanada jozibali qiladi.
Lab bo‘yog‘iga pudra surting
Pomada labingizda uzoqroq turishini xohlaysizmi?Bo‘yalgan lablarga salfetka qo‘ying va ustiga bir oz pudra seping. Ajoyib effekt beradi.
Mavzuga doir:
- Jazirama kunlarda qanday makiyaj qilish kerak?
- Sochlarni qalin qilish bo‘yicha 10 ta oddiy maslahat
- Makiyaj bilan uyquga ketish qanday muammolarga olib keladi?
Manba