Har birimiz farzandimizning hamma tomonlama rivojlanishi uchun tinmay harakat qilamiz, buning uchun kuchimizni ham, mablag‘imizni ham ayamaymiz. Shu bilan birga bolaning bir zaylda to‘g‘ri rivojlanishiga monelik qiluvchi xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Shu xatolarning 10 tasiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Foto: Flickr
“Mumkin emas”ni juda ko‘p aytish
Asossiz aytilgan har bir taqiq bolaning atrofdagi olamga bo‘lgan qiziquvchanligini pasaytiradi va bilim olishiga xalaqit beradi.
Bolani o‘z holiga qo‘ymaslik
Bolani bo‘sh vaqtida o‘zimiz xohlagan mashg‘ulotlar bilan band qilamiz. Natijada bolada tashabbuskorlik va mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanmay qoladi.
Jismoniy jazoni qo‘llash
Mutaxassislar bolani tez-tez jismoniy jazolash uning rivojlanishda orqada qolishiga sabab bo‘lishini isbotlashgan.
“Kattalar ishi”ga aralashmaslikni talab qilish
Masalan, bola nega kayfiyatimiz yo‘qligi yoki nima uchun yig‘laganimiz haqida so‘raganida, yaxshisi, unga bola tushunadigan tilda vaziyatni tushuntirganimiz ma’qul. Bu narsa bolada his-tuyg‘ular va hamdardlik haqida tushuncha paydo bo‘lishiga va uning emotsional o‘sishiga olib keladi.
Bolani olamdagi barcha narsadan himoya qilish
Uyda o‘ta xavfsiz va steril sharoitni yaratishimiz, tashqi muhitni bola uchun yanada xavfli qilib qo‘yadi. Shuning uchun bolani biroz erkin qo‘yib, uning tashqi olam bilan to‘liq tanishishiga imkon berishimiz kerak.
Bolani ko‘p va ortiqcha maqtash
Har bir ishi uchun maqtayverishimiz bolaning yangi yutuqlarga erishish istagini yo‘qotadi, ishning natijasi emas, bizning emotsional reaksiyamiz muhim bo‘lib qoladi.
Mustaqil qaror qabul qilishiga yo‘l qo‘ymaslik
Hamma qarorni bola uchun o‘zimiz qabul qilaverishimiz uning mustaqil odam bo‘lib voyaga yetishiga xalaqit beradi. Oddiy masalalarda bolaning o‘zi bir qarorga kelishiga ruxsat berish zarur.
Barcha istaklarini so‘zsiz tushunish
Bolamizning nima xohlayotganini uning ko‘z qarashidan bilib olishimiz maqtovga loyiq. Lekin bir yoshdan keyin bola istaklarini so‘z bilan tushuntirishga harakat qilishi kerak. Bu uning nutqini o‘stiradi.
“Kattalarning buyumlari”ga teginishni taqiqlash
Bunday buyumlarga sizning nazoratingiz ostida teginishi xavf tug‘dirmaydi, ijodiy qobiliyatlarining o‘sishiga yordam beradi.
Bolaning kuchi va imkoniyatlariga ishonmaslik
Bola hali gapirolmaydi, lekin eshitgan qo‘shig‘ini o‘zicha “kuylayapti” yoki bir yoshga kirmasdan harflarga qiziqa boshlayapti va hokazo. Bunday paytlarda e’tiborsizlik qilmasdan, boladagi bu qiziqishlarni yanada rivojlantirishga harakat qilsak, uning kelajakda katta yutuqlarga erishishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Manba: “Detstrana.ru”
Manba