Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan bola: bola gapga kirmasa, qanday yo‘l tutish kerak?
O'qildi: 310
Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan bolalar — ota-onalar va pedagoglarning doimiy bosh og‘rig‘i hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda bolalarning yomon xulqini ota-onalarning bunga bo‘lgan munosabatlarining asl sababini ko‘rib chiqish yo‘li bilan yengishga muvaffaq bo‘linadi.
Foto: IMDbTarbiyaning eng muhim qoidalari
Bolalar tarbiyasi mavzusi — benihoya keng, ko‘pqirrali, ko‘p qatlamli va oddiy odamlar tomonidan qabul qilinishi juda qiyin.Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan bolalarning ota-onalariga muammolarini hal qilishda yordam beruvchi asosiy qoidalar zarur bo‘ladi. Bunday qoidalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Bola o‘zini yaxshi tutgan paytlari har doim uni ko‘proq maqtang. Bu uning quvonch bilan har doim siz ma’qullaganingizdek o‘zini tutishga harakat qilishiga yordam beradi.
- Agar bola injiqlik qilsa va o‘zini noto‘g‘ri tutsa — bolaning shaxsini muhokama qilmang! Uning aynan shu lahzadagi xulqini muhokama qiling. Shunday qilsangiz bola o‘zini hurmat qilishlarini, yaxshi ko‘rishlarini, lekin hozirgi qilgan ishi noto‘g‘ri ekanligini tushunadi.
- Har doim farzandingizning yoshini va rivojlanishini hisobga oling.
- Boladan so‘rayotgan talablaringiz mantiqiy bo‘lishi kerak.
- Nojo‘ya ish uchun beriladigan jazolarning vaqtlari izchil bo‘lishi kerak.
- Bolani jazolashda o‘zingiz xotirjam bo‘lishingiz kerak.
- Bola gapga quloq solmasdan injiqlik qilayotganda gapingiz ohangi va taxlitiga e’tibor bering — o‘zingiz siz bilan shu yo‘sinda gaplashishlarini xohlarmidingiz?
- Har doim bola sizni tushunayotganiga ishonch hosil qiling.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.