Salomatlik Bolalar Bolaning burniga mayda buyum kirib qolganida nima qilish kerak?

Bolaning burniga mayda buyum kirib qolganida nima qilish kerak?

O'qildi: 325


Bolaning burniga mayda buyum kirib qolganida nima qilish kerak?

Shifokor kelguncha bolaning burnidagi predmetni oddiy va xavfsiz usul yordamida olib tashlashga harakat qilish kerak.

Foto: “Mamapedia.com.ua”

Kichkina bolalar har doim burniga biror narsani solishni ko‘zlab turishadi. Agar sizning erkatoyingizda ham shunday yoqimsiz holat yuz berib qolsa, shifokorga yugurishdan oldin kichkintoyga mustaqil ravishda yordam berishga harakat qilib ko‘ring.

Ko‘p holatlarda muammoni sanoqli soniyalarda bartaraf qilishga imkon beruvchi mutlaqo xavfsiz usullar bor.

“Ona o‘pichi”

Bu usulning mazmuni shundaki, siz bolaning burniga puflashingizga to‘g‘ri keladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi.

1-qadam. Bo‘sh burun teshigini barmog‘ingiz bilan mahkam qising.

2-qadam. Chuqur nafas oling va lablaringizni sun’iy nafas oldirishdagi kabi bolaning og‘ziga qo‘ying.

3-qadam. Bolaning og‘zi ichiga kuch bilan nafas chiqaring.

Oxirgi qadamni yaxshisi ikki bosqichda bajarganingiz ma’qul. Boshida bolaning og‘ziga havoning biroz qarshiligini sezmaguncha ehtiyotlik bilan puflang. Bu bola o‘pkalariga havo o‘tmasligi uchun xalqumini beixtiyor yopganini bildiradi. Shundan keyin bolaning og‘ziga keskin va kuchli nafas chiqaring. Siz nafas orqali chiqargan havo burunning ochiq teshigidan tiqilib qolgan narsani itarib chiqaradi.

Agar birinchi marta chiqara olmasangiz, yana harakat qilib ko‘ring. Statistikaga qaraganda, bu usul 60% hollarda yordam bergan.

Hatto siz bunday yo‘l bilan tiqilib qolgan narsani chiqara olmasangiz ham baribir eng asosiysi, siz uni burun teshigi tomon yaqinroq itargan bo‘lasiz va shifokorga uni chiqarish osonroq bo‘ladi.

Manba: “Mamapedia.com.ua”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.