Salomatlik Bolalar Manej, xodunok va bolalarga mo‘ljallangan boshqa vositalar: nima uchun ularni sotib olmaslik kerak?

Manej, xodunok va bolalarga mo‘ljallangan boshqa vositalar: nima uchun ularni sotib olmaslik kerak?

O'qildi: 323


Manej, xodunok va bolalarga mo‘ljallangan boshqa vositalar: nima uchun ularni sotib olmaslik kerak?

Ko‘pgina ota-onalar manej, yurishni hamda sakrashni o‘rgatadigan vositalarni juda qulay hamda xavfsiz deb biladi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor.

Foto: “Lisa”

Ularning fikriga ko‘ra, maxsus vositalar ko‘p joy egallamaydi va bolalarni yiqilishdan saqlaydi. Bolani ushbu qurilmaga joylashtirgach ortiqcha tashvishlanishning keragi yo‘q. Ona xotirjamlik bilan o‘z yumushini bajaradi. Ushbu masalani batafsil yoritib berishda terapevt, “Bolalar tanasi” maktabining yaratuvchisi va bolalar salomatligi bo‘yicha kitoblar muallifi Artyom  Ranyushkin yordam beradi.

“Ko‘pincha bolalar uchun mo‘ljallangan asosiy buyumlar jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Manej, xodunok va boshqa bolalar buyumi ularning salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Ushbu mahsulotlar juda ko‘p reklama qilinadi. Ota-onalar esa aynan ushbu vositalardan foydalanish shart, deb biladi. Quyida ularning foydasidan ko‘ra zararli tomonlari bisyor ekanini bilib olish mumkin.

Manej

Ota-ona bolaning yiqilishi va shikastlanishidan himoya qiladi, degan umidda bolasiga manej xarid qiladi. Ammo kichkina va yopiq manej ko‘proq bolaga zarar beradi.

  • Birinchidan, bolada ruhiy noqulaylik paydo bo‘ladi.
  • Ikkinchidan, kichkina bo‘shliq hali emaklashni bilmaydigan bolaga ko‘tarilishni o‘rgatadi.
Bola manej panjarasini qo‘llari bilan ushlab, hali suyagi mo‘rt oyog‘ida tik turmoqchi bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bu kabi harakatlar oyoqda jiddiy muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun bolani ko‘p vaqt manejda qoldirmasdan, erkin harakatlanishi uchun kengroq joyni topish kerak.

Xodunok

Chaqaloq hali mushaklarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagani sababli u oyoqlariga to‘g‘ri suyanmaydi. Bu o‘z navbatida bo‘g‘imning gipermobiliyasi – bo‘g‘imlarning haddan tashqari harakatchanligini va oyoqlarning qiyshayib qolishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari bola oyoqlari o‘rtasida qo‘shimcha cheklov bilan harakatlanadi. Shu sababdan tizzalar tashqariga buriladi va valgus deformatsiyasi yuz beradi. Oyoqlar zarar ko‘rganidan so‘ng umurtqa pog‘onasi ham risoladagidek bo‘lmaydi.

Sakrog‘ich

Bola sakrog‘ichda bo‘lganida uning umurtqa pog‘onasi siqiladi. Bu holatda bel va dumg‘aza mushaklari qisqaradi. Shundan so‘ng “qurbaqa pozasi” paydo bo‘ladi. Bola o‘tirganida oyoqlarning W shaklidagi holati va tos suyagining haddan tashqari burilishi kuzatilishi mumkin.

Bundan tashqari, hali tik turolmaydigan bolaning sakrashi oyoqlar uchun yaxshi emas. Shu orqali oyoqlarda:

  • barmoq uchida yurish;
  • valgus deformatsiyasi;
  • varus deformatsiyasi kuzatiladi.
Shuning uchun ham bolaga muddatidan avval sakrashni o‘rgatmaslik lozim. Ular buni o‘zi qila olguncha kutish kerak. Aks holda, og‘riqli va uzoq muddatli terapiyani talab etadigan qattiq egrilik yuz berishi xavfi mavjud. Yosh bolalar uchun turli xil uskunalar sotib olishdan avval mutaxassislar bilan maslahatlashish zarur. Tinimsiz reklama qilingan barcha narsa ham chaqaloq uchun kerak bo‘lmaydi. Eng avvalo, farzand salomatligiga e’tiborli bo‘lish lozim.

Mavzuga doir:

  • Bolalar uchun ortopedik poyabzal: qanday tanlash kerak va uning foydasi bormi?
  • Do‘konlarda sotiladigan tayyor pyurening bolalarga 3 ta zarari
  • “Gadjetlar asri” bolalari nega harakatli o‘yinlarni o‘ynamay qo‘ydi va bu qanchalik xavfli?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.