Ayol orgazmi
O'qildi: 1 377
Ayollar orgazmining fiziologik jihatlari haqida emas, balki psixologik tomoni haqida gaplashmoqchimiz.
Fiziologik orgazmda ayol jismonan lazzatlanadi. Lekin aloqadan qoniqishi uchun bu yetarli emas. Ayollarga jinsiy aloqada psixologik lazzatlanish ham bo‘lishi kerak. Bunda ayol erkak bilan birga ekanligidan, uni sevib sevilganidan va aloqa davomidagi mehrdan qoniqadi.
Agar jinsiy aloqa natijasida ayolga faqat jismoniy lazzatlanish berib, psixologik tomondan qoniqtirmasa, u holda jinsiy aloqa qoniqtirmagan bo‘lishi mumkin. Yoki aloqa davomida ayolga jismoniy orgazm keltirilmay uni faqat psixologik tomondan qondirsa, u holda ayol jinsiy aloqadan qoniqqan bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni ba’zida ayolga ham jismoniy, ham psixologik qoniqish kerak bo‘lsa, ba’zida faqatgina jismoniy yoki faqatgina psixologik qoniqish kifoya bo‘ladi.
Shuning uchun aloqa davomida ayol uchun erkalash va erkalanish juda muhim. Chunki jismoniy orgazmga erishish uchun ko‘plab usullar mavjud, lekin psixologik lazzatlanishni faqat erkakning aloqa davomidagi ayoliga bo‘lgan munosabati bera oladi.
Erkaklarda unday emas. Ularda aloqa natijasi orgazm bo‘lsa, ham jismoniy ham psixologik qoniqish vujudga keladi.
Ayol bilan erkak orgazmida farq bormi?
Ayol orgazmi erkak orgazmidan tubdan farq qiladi. Agar erkak uchun orgazm bo‘lishi jinsiy aloqaning tugashini ko‘rsatsa, ayollar bir aloqa davomida bir necha marta orgazm his qilish imkoniyatiga ega.Ayol jinsiy aloqadan qachon qoniqadi?
Ayollar orgazmining fiziologik va psixologik tomonlari bor.Fiziologik orgazmda ayol jismonan lazzatlanadi. Lekin aloqadan qoniqishi uchun bu yetarli emas. Ayollarga jinsiy aloqada psixologik lazzatlanish ham bo‘lishi kerak. Bunda ayol erkak bilan birga ekanligidan, uni sevib sevilganidan va aloqa davomidagi mehrdan qoniqadi.
Agar jinsiy aloqa natijasida ayolga faqat jismoniy lazzatlanish berib, psixologik tomondan qoniqtirmasa, u holda jinsiy aloqa qoniqtirmagan bo‘lishi mumkin. Yoki aloqa davomida ayolga jismoniy orgazm keltirilmay uni faqat psixologik tomondan qondirsa, u holda ayol jinsiy aloqadan qoniqqan bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni ba’zida ayolga ham jismoniy, ham psixologik qoniqish kerak bo‘lsa, ba’zida faqatgina jismoniy yoki faqatgina psixologik qoniqish kifoya bo‘ladi.
Shuning uchun aloqa davomida ayol uchun erkalash va erkalanish juda muhim. Chunki jismoniy orgazmga erishish uchun ko‘plab usullar mavjud, lekin psixologik lazzatlanishni faqat erkakning aloqa davomidagi ayoliga bo‘lgan munosabati bera oladi.
Erkaklarda unday emas. Ularda aloqa natijasi orgazm bo‘lsa, ham jismoniy ham psixologik qoniqish vujudga keladi.
Psixologik lazzatlanish uchun ayolga nima kerak?
Agar jinsiy aloqa suyukli erkak bilan, ayolning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirilsa, aloqa davomida erkak ayoli uchun nima yoqish yoqmasligini bilgan holda harakatlansa, ayol psixologik lazzatlana oladi. Lekin psixologik lazzatlanishning o‘zi ham yetarli bo‘lmaganda ayolga albatta jismoniy lazzatlanish, ya’ni orgazm his qildirish kerak.Ayol uchun jinsiy aloqa davomida nima muhim?
Ayol uchun jinsiy aloqa bu jismoniy ehtiyojni qondirish emas. Erkaklar jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyoji kuchli bo‘lib, ular uni qondirish istagida bo‘ladilar. Ayolda esa unday emas. U aloqaga organizmda talab borligi uchun emas, balki o‘z xohishi bilan kirishadi. Shuning uchun u aloqani erkak bilan bir munosabatdek qabul qiladi. Bu munosabat davomida erkak faqat o‘z ehtirosini qondirishni ko‘zlab ayoli haqida o‘ylamasa, ayolni bunday aloqa ranjitadi. Jinsiy aloqa davomida ayol o‘zini naqadar suyukli va erkak uchun kerakli ekanligini his eta olishi lozim.Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.