Salomatlik Ayollar uchun Shaxmat o‘rgatishi mumkin bo‘lgan muhim narsalar: Grossmeyster Mariya Fominix tavsiyalari

Shaxmat o‘rgatishi mumkin bo‘lgan muhim narsalar: Grossmeyster Mariya Fominix tavsiyalari

O'qildi: 155


Shaxmat o‘rgatishi mumkin bo‘lgan muhim narsalar: Grossmeyster Mariya Fominix tavsiyalari

Shaxmatni hayot namunasi deb bejiz aytishmagan. Shaxmat bo‘yicha Jahon chempioni unvoni uchun kurashmasangiz ham grossmeyster Mariya Fominix tajribasidan bahramand bo‘ling.

Foto: Filmdan kadr

Qaror qabul qilishni o‘rganing

Shaxmat o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, xato va mag‘lubiyatlardan qo‘rqmaslikka o‘rgatadi.

Boy berilgan o‘yindan so‘ng doimo tashqi sababni topmoqchi bo'lasiz: yetarlicha uxlamagansiz, boshingiz og‘riyapti, kimdir kayfiyatingizni buzdi. Lekin ich-ichingizdan yaxshi bilasizki, natija faqat o'zingizga bog‘liq edi.

O‘yin davom etadigan 30, 60, 100 ta harakatning har birida o‘zingiz qaror chiqarasiz. Shaxmat — qaror qabul qilishni mashq qilish uchun yaxshi simulyator hisoblanadi.

Xatolarni tahlil qiling va doimo o‘z ustingizda ishlang

Qaror qabul qilishdan va ko‘p xato qilishdan qo‘rqmaysizmi?Ajoyib, unda har safar bir xil emas, balki yangi xatolar qilish, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarish muhimdir.

Professionallar har bir(!)turnir o‘yinini tahlil qiladi. Bu muhim odat bolalikdan shakllanadi. Avvallari o‘yin tugaganidan so‘ng, raqiblar tahlil qilish uchun maxsus xonaga borishgan, tahlil davomida fikr almashishgan – bu bebaho tajriba. Xatolarni tahlil qilmasdan oldinga o‘tish mumkin emas.

Vaqtni oqilona rejalashtiring

Yangi boshlovchilar har doim yoki shoshqaloq(bularni mehr bilan “pulemyotchilar” deb atashadi)yoki ular juda uzoq o‘ylashadi. Biz odatda noaniqlik, konsentratsiyaning yomonligi va oddiy bilim yetishmasligidan sekinlashamiz.

Bundan tashqari, tajribasiz shaxmatchilar bir xil ritmda o‘ynashadi — bu juda katta xato. Oqibatlari haqida o‘ylamay turib, harakat qilish ahmoqlikdir. Shu bilan birga, har bir harakatda 5 daqiqa o‘ylasangiz, bir soat ichida, masalan, 12 ta harakatni amalga oshirishga vaqt topasiz. Ba’zan o‘yinda juda tez g‘alaba qozonish mumkin, ko‘pincha kuchsiz raqibga qarshi o‘yinda shunday bo‘ladi. Misol uchun, Magnus Karlsen Bill Geytsni bir necha soniya ichida — to‘qqizta harakat bilan mag‘lub etgan. Ammo uzoq jangga moslashgan ma’qul.

O‘yin boshlanishidan avval tayyor harakatlar zaxirasi bo‘lishi kerak. Bu birinchi harakatlarni tezda amalga oshirish imkonini beradi.

Hayotda ham shunday: agar muhim daqiqada tezlik bilan harakat qilmoqchi bo‘lsangiz, unga tayyorlaning. Biror narsa o‘zgarganda, rejalarni qayta ko‘rib chiqish va tuzatish uchun tanaffus qiling.

O‘zingizga to‘g‘ri savollarni bering

Ko‘rinib turibdiki: kuchli o‘ynash uchun o‘ylash kerak. Faqat nima haqida?Fikrlarimiz o‘zimizga bergan savollar sifatiga bog‘liq, deb aytish mumkin. Shaxmatda ikkita global savol bor, ularga o‘yinning har bir daqiqasida javob berish kerak:

  • Raqib nimani xohlaydi?
  • Men nima istayman?

Fikrlash sifati ustida ishlash kerak. Buning uchun har bir harakatdan keyin birinchi navbatda o‘ylashni o'rganish kerak – nega raqib bunday o‘ynadi?

Hayotda ham ularni oldindan ko‘rishga harakat qilsangiz va manfaatlaringiz haqida o‘ylasangiz, muammolar soni ham sezilarli darajada kamayadi.

Real maqsadlar qo‘ying va sabr qilishni o‘rganing

Shaxmat o‘yini istaklar marafoni emas. Shuning uchun bizga pozitsiya talablaridan kelib chiqadigan aniq g‘oyalar kerak.

Sizning kayfiyatingizga emas, balki pozitsiyani baholashga tayanish lozim, buni o‘rganish uzoq vaqt talab etadi. Ba’zi pozitsiyalarda mot uchun o‘ynash mart oyida olma daraxtini silkitish bilan bir xil, chunki olma xohlaysiz,ammo u hali yo'q. Har bir inson chiroyli kombinatsiyani yaratishni orzu qiladi, ammo buning uchun pozitsiya ham “pishishi” kerak.

O‘yin davomida g‘oyalar hissiy emas, balki oqilona bo‘lishi kerak — ular bizni boshqaradi. Hissiy g‘oyalar hayotdagi kabi yo‘nalish bermaydi, vaziyatga bog‘liq ham bo‘lmaydi.

Har doim eng yaxshi variantni qidiring

Matematik jihatdan, shaxmatda harakatlar tanlovi juda keng. Uchta harakatdan so‘ng 9 milliondan ortiq mumkin bo‘lgan pozitsiyalar mavjud. Ammo shaxmatchilar bor e’tiborlarini oqilona harakatlarni topishga qaratadi.

Maqsadsiz harakatlar o‘yin davomida qilishingiz mumkin bo‘lgan eng yomon xatodir.

Agar pozitsiyada tanlov mavjud bo‘lsa(faqat bitta harakat bo‘lsa ham), unda uchta istiqbolli harakatni belgilash tavsiya etiladi, keyin ularni batafsil o‘rganib chiqib, eng yaxshisini tanlang. Hayotda ham shunday: qaror qabul qilishdan oldin variantlarni ko‘rib chiqish kerak.

Vaziyatni doim baholang

Grossmeysterni havaskordan ajratib turadigan narsa — bu pozitsiyani baholash qobiliyati va odatidir. O‘yinchi doimo qaror qiladi: nimani saqlash muhim va nimani qurbon qilish mumkin?

Umuman olganda, shaxmatda ham hamma narsa hayotdagi kabi: har bir vaziyatda ustuvorliklarni aniqlash qobiliyati muhim.

Taxtaga qaramay o‘ynang

Shaxmatchilar bir necha yurish oldindagi vaziyatni xayollarida hisoblab chiqishlari rostmi?Bu mahorat bolalikdan yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Miyangizdagi o‘zgarishlarni hisoblash shaxmat sizga o‘rgatgan eng yaxshi narsadir.

Bir pozitsiya haqida o‘ylaganimizda taxtadagi bo‘laklar qanday qilib boshqa joylarga o‘tishini yoki taxtani butunlay tark etishini tasavvur qilishga majbur bo‘lamiz.

Doskasiz o‘ynash qobiliyati asta-sekin o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi, ammo ba’zilari maqsadli ravishda muammolarni hal qilishni va ko‘r-ko‘rona o‘ynashni o‘rganadilar.

Shaxmatdan uzoq bo‘lgan odamlar, odatda, grossmeyster qanday qilib o‘yinni(va hatto bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinlarni)taxtaga qaramasdan o‘ynashiga hayron bo‘lishadi. Aslida shaxmatchilarning omadi bor – harakat natijasini xayolida ko‘ra oladi. Va bu kerakli, yuqori sifatli natijaga erishish uchun juda muhim ko‘nikmadir.


Mavzuga doir

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.