Vazn yo‘qotish uchun qahvani qanday ichish kerak? Sizga qo‘l keladigan maslahatlar
Qahva metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi va ortiqcha yog‘larning tez “erib” ketishiga yordam beradi. Faqat uni to‘g‘ri ichsangizgina, bunday natijaga erishish mumkin, deb yozmoqda “Noviy ochag” nashri.
Hech narsa qilmasdan kuniga 200 qo‘shimcha kaloriya yo‘qotishni xohlaysizmi?Qahva iching!Nature Communications jurnalida eʼlon qilingan tadqiqot shuni tasdiqladi: kuniga 2-4 chashka organik qahva tanamizga to‘plangan yog‘larni faolroq eritib yuborishga yordam beradi va olingan kaloriyalarni energiyaga aylantiradi. Ammo buning uchun bir nechta qoidalarga rioya qilish muhimdir.
Nonushtadan keyin qahva iching
Hech qachon och qoringa qahva ichmang: kofein oshqozon shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin. Ammo ertalabki ovqatni issiq ichimlik bilan tugatsangiz, kofein metabolizmning qisqa muddatli portlashiga olib keladi. Keyin esa kun davomida metabolizm 8-11 foiz tezroq bo‘ladi.
Mashq qilishdan 40 daqiqa oldin bir chashka qahva iching
Sport va mashg‘ulotlarni samaraliroq qilish uchun mashg‘ulotdan 40 daqiqa oldin bir chashka qahva iching: kofein kuchli energiya ko‘tarilishini taʼminlaydi, buning natijasida biz faolroq bo‘lamiz va ko‘proq kaloriya yo‘qotamiz.
Uyquga yotishdan 4 soat oldin kofe ichmang
Sog‘lom uyqu nafaqat salomatlik, balki go‘zal qomat uchun ham zaruriy shartdir. Agar biz yetarlicha uxlamasak, ertasi kuni xavfli ovqatlanish odatlariga ko‘proq moyil bo‘lib, yuqori kaloriyali va transyog‘larga boy mahsulotlarni tanlaymiz. Bundan tashqari, uyqusiz tundan keyin faolroq ishlab chiqariladigan kortizol ham kilogramm ortishiga hissa qo‘shadi.
Faqat qora qahva iching
Sut, qaymoq, shakar, ayniqsa, siroplar ichimlikni yanada xushtaʼm qilishi mumkin, ammo ular bizning sog‘lig‘imizga ham, tanamizga ham foyda keltirmaydi. Agar qora qahvani umuman icholmasangiz, asal va yog‘siz sut qo‘shing(garchi u unchalik foydali bo‘lmasa ham), lekin boshqa shakarli qo‘shimchalardan saqlaning. Va unutmangki, sutga asoslangan standart kofe ichimligi va siropi shirinlik kabi ko‘p kaloriyani o‘z ichiga olishi hech gap emas!
Dozani oshirib yubormang
Qahvaning maksimal xavfsiz sutkalik dozasi 400 ml ni tashkil qiladi. Yuqoridagi har qanday narsa yurak-qon tomir va asab tizimi uchun xavflidir. Va qahvaga ortib borayotgan qaramlik, albatta, yaxshi qomatni saqlashga yordam bermaydi.
Manba