Ozdiruvchi tonggi smuzi: ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni istaganlar uchun oson tayyor bo‘ladigan smuzi retsepti
Ushbu mazali ichimlik nafaqat tetiklantiradi, balki ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda samarali kurashish uchun energiya beradi, deb yozadi Marie Claire.
Foto: Marie ClaireBugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda vazn kamaytirishning ko‘plab usullarini topish mumkin. Ularning ba’zilari, albatta, samarali, boshqalari esa hayratda qoldiradi va hatto qo‘rquvga ham sabab bo‘ladi. Bloger va fizioterapevt Lilli Sabri oqsilga boy kokteyl retsepti bilan bo‘lishdi, bu unga ertalabdan yaxshi kayfiyat va o‘zini ajoyib his qilishga yordam beradi.
“Mening ratsionimda doimiy qoladigan narsa — bu tonggi smuzi, — deydi Lilli. — Men har doim ertalab smuzi ichaman, odatda u oqsilli qahvaga asoslangan, shuning uchun men go‘sht iste’mol qilmayman va ratsionda yetarlicha oqsil mavjudligiga ishonchim komil”.
Foto: Marie ClaireKunni to‘g‘ri boshlash uchun Lilli yeryong‘oq moyi va qahvadan smuzi tayyorlaydi. “Men ikki porsiya espressoni olaman, — deydi bloger. — Blenderga bir nechta muz bo‘laklari, suli suti va ba’zida kokos yog‘idan ham solaman. So‘ngra muzlatilgan banan, aniqrog‘i, uning yarmi va bir osh qoshiq yeryong‘oq moyi qo‘shaman. Bu, albatta, ta’miga ko‘ra, sutli kokteylga o‘xshaydi”.
Blogerning ta’kidlashicha, ushbu smuzi uchun mahsulotlar har doim uydan topiladi. Lilli faqat bananlarga buyurtma beradi va ularni muzlatkichda saqlaydi.
Nonushta uchun Lilli tuxum ham iste’mol qiladi, uglevodlardan xavotir olmay tushlikda guruchli taom yoki makaronli salatini yeyishi mumkin. Bundan tashqari oqsilga boy baton, yeryong‘oq yog‘i bilan banan iste’mol qiladi. Qolaversa, uning ratsionidan oqsil kukuni ham o‘rin olgan. Ammo do‘kondan xarid qilingan kukun ta’mini yoqtirmagani uchun, uni o‘zi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek, u vazn yo‘qotish jarayonining eng muhim qismini jismoniy mashqlar deb biladi, uning fikricha, ovqatlanish va fikrlash tarzi ham bu borada muhimdir. Bel hajmini kamaytirish uchun u muntazam ravishda pilatesni tavsiya qiladi va uning qorin bo‘shlig‘idagi yog‘larni eritish uchun 10 daqiqalik mashg‘ulot dasturi mavjud.
Sabri jismoniy faoliyatni tanlashda shaxsiy imtiyozlarni va organizmning ma’lum mashqlarga qanday javob berishini hisobga olish kerakligini ta’kidlaydi. Aytgancha, ba’zi sport turlari nafaqat qo‘shimcha kilogrammlardan xalos bo‘lishga, balki sog‘lom hayotni yillar davomida uzaytirishga ham yordam beradi.
Manba