Chalg‘ish va boshqarish: Koronavirus sabab yuzaga kelgan xavotirni kamaytirishning 6 usuli
Koronavirus pandemiyasi butun sayyoradagi insonlar hayotini o‘zgartirib yubordi. Ko‘pchilik oldingidan ko‘ra asabiy bo‘lib qolgani ham ajablanarli emas: inson o‘zi va yaqinlari uchun qayg‘urmoqda. Cosmopolitan vahimadan qutulish va o‘zini yaxshi his qilish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Foto: Getty ImagesO‘zingiz haqingizda qayg‘uring
G‘amgin fikrlar sabab inson o‘zini osonlikcha unutib qo‘yishi mumkin. Hech bo‘lmaganda 7 soat uxlash, maroqli hordiq chiqarish va imkon boricha sport bilan shug‘ullanish kerak. Sog‘liq uchun qilingan har qanday jismoniy harakat, ruhiy jihatdan ham foydali. Xobbilarga vaqt ajratish, musiqa tinglash va yaqinlar bilan muloqot qilish darkor.
Havodan nafas oling
Bugungi kunda butun dunyoda sababsiz ko‘chaga chiqish taqiqlangan, ayrim davlatlarda komendantlik soati ham joriy etilgan. Balkonga chiqib, agar balkon bo‘lmasa, derazani ochib xonani toza havoga to‘ldirish kerak. Ko‘chada esa, albatta, boshqalardan 1,5 metr oraliq masofa saqlash lozim.
Muntazam ekranga tikilmang
Bir qarashda bu ishni kun bo‘yi qilsa bo‘ladigandek. Yaxshisi kerak emas, ayniqsa, muntazam koronavirus haqida yangiliklar o‘qiyotgan bo‘lsangiz. Tez-tez tanaffus qilib, gadjetlardan uyquga yotishdan ikki soat oldin voz keching va uyg‘onishingiz bilan uni qo‘lga olmaslikka harakat qiling.
Manba