Salomatlik Ayollar uchun Zamonaviy turmush tarzida eng ko‘p kuzatiladigan 5 zararli odat

Zamonaviy turmush tarzida eng ko‘p kuzatiladigan 5 zararli odat

O'qildi: 402


Zamonaviy turmush tarzida eng ko‘p kuzatiladigan 5 zararli odat

Texnika va rivojlanish hayot darajasi yaxshilanishiga katta hissa qo‘shgani bilan, insonlar turmush tarziga ham salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Tabiiy mahsulotlar o‘rniga sun’iy ekstrakt va bo‘yoqlar qo‘shilgan taomlarni yeyish, harakatsizlik, kompyuter qarshisida soatlab o‘tirib, keyin boshqalardan alam olish holatlari bugungi kun uchun xos bo‘lib qolgan. Quyida eng ko‘p kuzatiladigan zararli odatlar nimalardan iborat ekaniga to‘xtalamiz.

Foto: The National

Ko‘p o‘tirish

Texnika hamda zamonaviy kasblar sabab ham bugungi kunga kelib keragidan ko‘p o‘tirish, kam harakatlilik ko‘p kuzatiladi. Sport va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga esa vaqt ajratilmaydi. Ko‘p o‘tirish nafaqat vazn to‘planishi, immunitet tushishi, balki yurak-qon tomir kasalliklariga ham sababchi bo‘ladi.

To‘yib uxlamaslik

Stress va asabbuzarlik uyquga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Buning oqibatida uyquga ketish qiyin bo‘ladi, uyqu davomida bezovtalik kuzatiladi, tongda esa uyqudan turish oson bo‘lmaydi. Uyquning yetarli bo‘lmasligi esa kun bo‘yi loqayd, bo‘shashib yurishga, hech narsani istamaslik va qiziqmaslikka olib keladi. Aytilaverib siyqasi chiqib ketgan bo‘lsa ham zarurligi uchun ta’kidlashdan charchalmaydigan tavsiya: 7-8 soatdan kam ham, ko‘p ham uxlamang.

Shamollashni ham antibiotik davolash

Antibiotiklar immunitetni tushirib yuborish xususiyatiga ega ekanidan xabaringiz bormi?Yo‘q bo‘lsa bilib oling. Shamollashning yengil formasida ham antibiotik dori vositasini qabul qilishga oshiqmang. Organizmning kurashishiga qo‘yib bering, lekin tashlab qo‘ymang. Toza havodan to‘yib nafas oling, ko‘p suyuqlik iste’mol qiling, vitamin va minerallarga boy salat va taomlar iste’mol qiling. Unutmang, oddiy shamollashda ham antibiotik qabul qilaverish oqibatida organizm ko‘nikib qolib, keyinchalik ta’sir qilmaydigan va undan-da dozasi kuchli dori vositasi qabul qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Asabiylashish

Asabbuzarlikdan qochib bo‘lmasligini inkor etmagan holda o‘zingizni chalg‘itish, kayfiyatni ko‘taradigan sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Qolaversa, muammo yuzaga kelganda birlamchi va ikkilamchiga, muhim va nomuhimga ajratib, vaziyatga baho bering. Sizning sog‘lig‘ingiz, salomatligingiz ketishiga arziydigan darajada muhimmi mavjud muammo?

Ko‘p shirinlik iste’mol qilish

Shirinlik kayfiyatga yaxshi ta’sir qiladi, lekin salomatlikka emas. Siz iste’mol qiladigan ketchup, konfet, pechenye uglevodlarning koni ekani ularning me’yordan ortiq iste’moli vazn to‘plash, qon aylanishining qiyinlashishi va boshqa jiddiy kasalliklarga sababchi bo‘lishini unutmang, aziz o‘quvchi. O‘zingizni nazorat qilish orqali nafaqat salomatligingiz, balki kayfiyatingiz yaxshilanib, natijada hayotdan mamnuniyatni his eta boshlaysiz.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.