Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik kerak bo‘lgan 6 narsa
Umr yo‘ldoshni qo‘llab-quvvatlash har sohada u bilan maslahatlashgan yaxshi, lekin ba’zida unga oson bo‘lsin deb mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish yoki faqat uy yumushlari bilan o‘ralashib qolish, oilaviy munosabatlarning uzoqqa bormasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Foto: “Stroifoks”Moliyaviy tomondan yordam berish
Bir narsani yodingizdan chiqarmang, turmush o‘rtog‘ingiz ishdan haydalgan, yangi ish topa olmayotgan bo‘lsa ham astoydil xohlasa, doim ish topish mumkin, hech bo‘lmaganda oilasini boqish uchun. Uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaganingiz yaxshi, lekin buning oqibati ertami, indin yaxshilik bilan tugamasligi aniq. Bora-bora ikkinchi yoki uchinchi ishni topishingizga to‘g‘ri keladi, og‘irligi esa o‘zingizga tushadi.
Qimmat sovg‘alar berish
O’Genrining “Sehrgarning in’omlari” hikoyasida qiz eriga soat zanjiri sovg‘a qilish uchun sochlarini sotgan, eri esa unga taroq komplektini sovg‘a qilish uchun soatini sotib yuborgan. Unutmang, erkaklarni qimmatbaho sovg‘alar bilan zabt etib bo‘lmaydi. Erkak, ayniqsa, o‘ziga bunday narsalarni ravo ko‘radigan ahvolda bo‘lmasa, qimmatbaho sovg‘alar bilan uni g‘ururini yerga urushingiz mumkin. Agar umr yo‘ldoshingiz vijdonsiz bo‘ladigan bo‘lsa, sevgi sizning resurslaringizdan foydalanish uchun bahona bo‘lib qolishi mumkin.
“Men aytgandim shunday bo‘ladi deb”
Siz million marta aytgan bo‘lsangiz ham, ogohlantirgan bo‘lsangiz ham, men aytgandim-a deya ko‘rmang. Birinchidan siz undan aqlliroq ikkinchidan esa unga ko‘rsatma bergandek bo‘lib qolasiz. Ishonchingiz komil bo‘lsin, bu bilan sevgan insoningiz xursand bo‘lmasligi va yaqin orada qilgan “aqlliligingizni” yodingizga solishi mumkin.
Shaxsiy hayot va karyeradan voz kechish
Ayol kishining uyni saranjom qilgani yaxshi, albatta, lekin uy ishlari bilan o‘ralashib qolib, o‘ziga qaramay qo‘yish yaxshi emas. Chunki hammaga ham chiroyli va o‘ziga qarab yuradigan ayollar yoqadi va sizning belingizdan fartuk qo‘lingizdan sochiq tushmasa, u o‘ziga boshqa ilhom manbasini qidirishi mumkin. Bu eringiz “yurib” ketishini bildirmaydi, shunchaki siz qolib boshqalar e’tibor tortishi mumkin.
Xuddi shunday vaqtni sarflash mumkinligi bilan ham bog‘liq. Oila qurish, do‘st va ishni tashlash kerakligini bildirmaydi. Qaytanga hayotingiz qanchalik rang-barang bo‘ladigan bo‘lsa, siz juftingiz uchun shunchalik qiziq bo‘lasiz. Ammo bu borada ham me’yorni unutmaslik kerak.
Tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish
Ayollar tabiatan o‘zgarishlarni yaxshi ko‘radi. Kecha bryunet bo‘lgan ayol ertaga sochini sariqqa bo‘yashni istashi mumkin. Ammo juftingiz istagani uchungina bo‘lsa, imijni o‘zgartirishni o‘ylab ko‘rish kerak. Sizda xohish bo‘lmasa, uning fikri uchungina tashqi qiyofani o‘zgartirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Chindan ham shunday o‘zgarishni istasangizgina bunday o‘zgarishlarga qo‘l uring. Umr yo‘ldoshingiz sizni boricha qabul qilsin, lekin shunday deb siz ham o‘zingiz va tashqi ko‘rinishingizga bee’tibor bo‘lmang.
Manba