Bolani qanday qilib qo‘lda ko‘tarmaslikka o‘rgatish mumkin? Toliqqan onalar uchun ko‘rsatmalar
Har bir ayol o‘zini “yomon xulq-atvor”da tutadigan farzandning yagona onasi deb o‘ylamasligi kerak. Bolalarga qo‘yib bersa, kunini faqatgina onasining bag‘rida o‘tkazsa. Bu har qanday oila uchun tanish, bola hamisha onasining ko‘tarishini so‘raydi va rad javobini olsa, o‘sha zahoti injiqliklari boshlanadi.
Foto: “Woman.ru”Shuni anglash kerakki, ko‘pincha bolalar ko‘ngil bo‘shatish uchun emas, balki ma’lum bir sababga ko‘ra yig‘laydi. Sabablar ham jiddiy bo‘lishi mumkin. Onaning vazifasi esa uni yupatish va muammoni bartaraf etishdir. Bolalarning ko‘z yoshiga sabab bo‘ladigan holatlar bir qancha. Masalan, bola och qolishi yoki qorni dam bo‘lishi mumkin. Odatda bunday holat to‘rt oylikkacha davom etadi. Bundan tashqari, isitma, tanada og‘riq tufayli ham bezovtalanadi. Shuningdek, yiqilib tushish natijasida ham bolada injiqlik kuzatiladi. Va nihoyat bola shunchaki kiyimini ho‘l qilgani uchun ham yig‘laydi. Shuni ham inobatga olish kerakki, bola charchagani uchun ham yig‘laydi. Ularning asab tizimi juda zaif bo‘lib, chaqaloqlar kattalarga qaraganda tez toliqadi. Yoki biror narsadan qo‘rqishi tufayli ham yig‘lashga moyil bo‘ladi.
Umuman olganda, juda kichik chaqaloqlarda ham yig‘lash uchun yetarli sabablar bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda bolani qo‘lga o‘rgatmaslik usulini o‘ylab topishdan ko‘ra avval sabablarini o‘rganib chiqish zarur. Bola shunchaki erkalik qiladimi yoki boshqa narsa uchun yig‘laydimi, farqlab olish kerak.
Foto: “Woman.ru”Bolada chindan ham muammo bo‘lsa, og‘riq, kasallik, shikastlanish kabilar, uni ko‘tarib, tinchlantirish zarur. Ammo shunchaki zerikish yoki erkalik bo‘lsa, bolaga tarbiya berish vaqti kelgan.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolani sakkiz oyligigacha ko‘tarmaslikka o‘rgatishning imkoni yo‘q. Bu zarur ham emas. Yurish va emaklashni bilmaydigan bola uchun eng xavfsizi onaning quchog‘i hisoblanadi, albatta.
Shuningdek, chaqaloq yig‘lagan vaqtda uni ko‘tarmay turib tinchlantirishga o‘rgatish lozim. Masalan, aravachasini silkitish, o‘yinchog‘ini ko‘rsatish kabi. Biroz kattaroq bolaga esa o‘yin o‘ynashni, rasm tomosha qilishni o‘rgatish mumkin. Musiqa yoki multfilm bilan chalg‘itish ham yaxshi natija beradi. O‘tirgan holatda bolani quchoqlash, boshini silash bilan ham mehrni his qildirish mumkin. Faqatgina uni darrov ko‘tarib olmaslik kerak. Shundagina bola onaning borligini, uni hech qachon tashlab ketmasligini tushunib yetadi
Foto: “Woman.ru”Ushbu tavsiyalarni amalda qo‘llashda biroz qat’iyatli bo‘lish kerak. Asta-sekin bola ham eski odatlarini tashlashga o‘rganadi va ko‘tarish uchun yig‘lash befoyda ekanligini tushunib yetadi. Shunda bolajon bilan birgalikda boshqa ishni ham amalga oshirishga imkon topiladi.
Manba