Salomatlik Ayollar uchun Ro‘zg‘orbop mahsulot: kirsovundan unumli foydalanishning 10 usuli

Ro‘zg‘orbop mahsulot: kirsovundan unumli foydalanishning 10 usuli

O'qildi: 396


Ro‘zg‘orbop mahsulot: kirsovundan unumli foydalanishning 10 usuli

Kirsovundan faqatgina kirlarni yuvishda foydalanadiganlar diqqatiga: ushbu mahsulotni ro‘zg‘or ishlarida ham ishlatish mumkin.

Foto: Getty Images

Kirsovunning tarkibi hayvon va o‘simlik yog‘laridan tayyorlanadi, shuning uchun barcha komponentlar tabiiydir va allergiya keltirib chiqarmaydi. Boshqa tomondan, bakteriyalarni yo‘q qiladigan modda ham mavjud. Shuning uchun sovun juda zo‘r dezinfeksiyalovchi hisoblanib, har qanday sirtdan kirni tozalaydi. Shuningdek, kir yuvish uchun sovun juda arzon bo‘lgani uchun  kundalik hayotda asosiy yordamchilardan biri hisoblanadi.

Xo‘sh, kirsovun yordamida yana nimalar qilish mumkin?

Pol

Sovun maydalanib, bir chelak iliq suvga solinadi. U har qanday kir va dog‘larni mukammal tozalaydi.

Choyshablar

Sovun choyshablarni yuvishda ham qo‘l keladi. Buning uchun mahsulot maydalanib, uni suv bilan suyultirish va narsalarni namlash kerak bo‘ladi. Shuningdek, sovun bolalar kiyimlarini yuvish uchun ham yaxshi tanlov. Chunki terida allergiya keltirib chiqarmaydi. Trikotaj kiyimlarini yuvishda ham kirsovunlar samarali hisoblanib, ularga zarar yetkazmaydi.

Oshxona jihozlari

Kirsovun ko‘p qirrali tozalash vositasidir.  Uni xantal kukuni bilan aralashtirib, gaz plitasi va rakovinalarni tozalash mumkin.

Sabzavotlar

Do‘konda yoki bozorda sotib olingan sabzi, lavlagi, kartoshka va boshqa ildiz sabzavotlarini, shuningdek, tuxumlarini kirsovunli suv bilan yuvish mumkin. Bu turli xil yuqumli kasalliklarning oldini oladi.

O‘simliklarni zararkunandalardan asraydi

Kirsovun shira va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Shu bilan birga, sovun eritmasi o‘simliklar uchun to‘liq xavfsizdir. Eritma nafaqat bog‘da, balki yopiq xonadagi o‘simliklar uchun ham ishlatilishi mumkin.

Husnbuzardan xalos etadi

Ikki haftada bir marta siz yuzni kirsovun bilan yuvish terini quritadi va bakteriyalarni yo‘q qiladi.

Tish cho‘tkalari 

Kirsovun ajoyib antiseptik bo‘lgani uchun, shimgich yoki cho‘tkani sovunli suvga bir kechaga namlab, ularni dezinfeksiya qilish mumkin. Agar oilada bemorlar bo‘lsa, buni takrorlash juda muhimdir.

Shishni yengillashtiradi va ko‘karishning oldini oladi

Agar jarohat olgan joyga sovun surilgan bo‘lsa, u holda badan ko‘karmaydi. Buning uchun sovunni suvda suyultirish va shikastlangan joyni eritma bilan artish kerak. Jarayon bir necha marta takrorlanishi mumkin.

Infeksiyani yo‘q qiladi

Agar badan kesilgan, sanchilgan yoki tirnalgan bo‘lsa, zararlangan joyni kirsovun bilan yuvish kerak. Aynan shu tarzda, sezgir terida infeksiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkin.

Mushuk yoki it tishlaganda

Yaraga infeksiyani tushishining oldini olish uchun qonli joyni yaxshilab artib, so‘ngra kirsovun eritmasiga namlangan dokani bog‘lash kerak. Shunda jarohat izi tezroq davolanadi va yara yallig‘lanmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.